Amorf-kristall fibroinni eritmalarini hosil qilinishi va xossalari Fibroin tola va tolasimon chiqindilarda amorf-kristall holatda bo'ladi, unda kristall qismlar antiparallel -strukturani hosil qiladi. Uning erishi murakkab jarayon bo'lib, 60 - 70 % li tuz-suv erituvchilarida uzoq muddat qizdirish va jadal mexanik aralashtirish natijasida eriydi. Bunda makromolekulalararo -struktura parchalanadi va bir - biridan ajralgan makromolekulalar molekulyar ichki -spiral qismlarini hosil qiladi. Ammo, tuzlarning ko'p bo'lishi fibroinni erish jarayonini hamda uni ipak tolasini struktura hosil qilishi kabi orientirlanib, -spiraldan -strukturaga o'tib biopolimer material hosil qilish jarayonini etarli darajada nazorat qilishga imkon bermaydi. Ushbu masalani echish tarkibida tuz ionlari minimal miqdorda bo'lgan erituvchini tanlashga olib keldi. Tadqiqotlarni polimer - erituvchi o'zaro ta'sirlashish (12) xususiyatlarini tuz ionlari va haroratga bog'liq tarzda tarkibida tuz bo'lgan erituvchining faolligi (a) ni hisobga oladigan Flori-Xaggins va Debay-Xyukkel nazariyalaridan kelib chiqqan holda olib bordik [1, 6]. Bunda polimer fazasiga erituvchini faol kirib borishi uchun tuzni tanlash muhim edi. Bundan kelib chiqqan holda litiy xlorid (LiCl) tuzini tanladik, bunda fibroin uchun Gofmeystr qatoridagi ionlar orasida litiy ioni radiusi eng kichigidir. SHuningdek, binar erituvchini asosi tashkil etuvchi suvni organik aproton erituvchi dimetilformamid (DMFA) bilan almashtirdik. Bunday yo'l fibroinni eritish uchun tuz miqdorini 6 martaga kamaytirishga erishdik va bu hol makromolekulyar saviyada polyarizatsion-optik, termo- va gidrodinamik, potensiometrik tadqiqotlar o'tkazishga imkon berdi. Ta'kidlanganidek amorf-kristall fibroinni erishi, uni qizdirish natijasida -strukturasini parchalanishi bilan amalga oshadi. Haroratni 90 dan 125 oС gacha oshishi bilan 12 miqdorini 0,6 dan 0,2 gacha pasayishini aniqlanganligi ma'lum [23]. Bu erituvchining termodinamik sifatini yomon dan yaxshi gacha o'zgarishidan dalolat beradi. Haroratni xona haroratigacha pasayishi 12 0,4 gacha sezilarli o'zgarishiga olib keldi. Erishilgan natija 2,5 M LiCl-DMFA ni umuman olganda, fibroinni erigan va izolyasiyalangan holatdagi molekulalari uchun termodinamik yaxshi erituvchi ekanligini ko'rsatdi. Parallel tarzda fibroinning erish jarayonini polyarizatsion mikroskop usuli bo'yicha nazorat qildik. Haroratning 110 oС sohasida fibroin molekulasining orientatsiya nn ni jadal ravishda 0,8 dan 0,02 gacha pasayishini aniqladik. Bu orientirlangan zanjirlarni, ularning kristall strukturalarini parchalanishi bilan tartiblanishidan dalolat berdi. Bunda, makromolekulalarni izolyasiyalangan izotrop holatga o'tgan holda erituvchi hajmida tekis taqsimlanganligini aniqladik. Fibroin 120 oC da eritilganda jadal tarzda destruksiya borishini kuzatdik. Bu jarayon eritmani sariq-pushti ranga o'tishi bilan amalga oshdi. Ammo, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.59 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.59 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: doc