Analitik kimyo fani va uning uslublari

Analitik kimyo fani va uning uslublari

O'quvchilarga / Kimyo
Analitik kimyo fani va uning uslublari - rasmi

Material tavsifi

Analitik kimyo fani va uning uslublari Reja: 1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari 2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari 3. Analitik reaksiyalarining sezgirligi va o'ziga xosligi 4. Kation va anionlarni guruhlarga bo'linishi 1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari Analitik kimyo-har xil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o'rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy tahlil usullariga bo'linadi. Sifat tahlili- tahlil qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o'rgatadi. Miqdoriy tahlil - aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o'rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat tahlil qilinib, so'ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi. Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho'kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo'lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Tahlil jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Tahlilning fizik-kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar hilma-hil murakkab tuzilishga ega bo'lgan asboblarni qo'llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy tahlil uslublari qulay va ularning qishloq xo'jaligida qo'llanilish sohasi ham kengdir. Analitik reaksiyalar bajarishda, ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat tahlili usullari 1955-yildan boshlab quyidagicha nomlanadigan bo'ldi. Kimyoviy tahlil ko'pincha yarimmikro usulda bajariladi, bunda reaktivlar kam sarflanib, kichik hajmli idishlardan foydalinish mumkin. Agar tahlil to'gri bajarilgan bo'lsa, yarimmikro usulda juda aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy tahlil qilishga asosan yarimmikrotahlil (santigramm) usulidan foydalaniladi. 2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari Kuzatish mumkin bo'lgan effekt sodir bo'ladigan kimyoviy reaksiya analitik reaksiya deyiladi. Effekt deganda cho'kmani hosil bo'lishi yoki erishi, eritmani rangini o'zgarishi, gazsimon moddalarni hosil bo'lishi tushuniladi. Analitik reaksiyalar ho'l va quruq usullarda olib boriladi. Modda quruqligida tahlil qilinsa, quruq usul, eritib tahlil qilinsa ho'l usul deyiladi. Modda suvda, kislotada yoki ishqorda eritiladi va hosil bo'lgan eritmadan izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar orqali topiladi. Ma'lumki, bu moddalar elektrolitlardir, yani ular suvdagi eritmalarda ionlarga dissotsialangan bo'ladi. Shu sababli ho'l usul bilan o'tkaziladigan reaksiyalar, odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o'rtasida boradi. Binobarin, bu reaksiyadan foydalanib, to'g'ridan to'gri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi. Topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi. Reaksiyalarni amalga oshirishda ayrim ionlar muhim vazifani bajaradi, qolgan ionlar esa reaksiyaga kirishmaydi. Masalan: BaCl2 + ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga