Analitik kimyo fani va uning usullari. Sifat analiz usullari. Kationlarning analitik guruhlarga bo'linishi

Analitik kimyo fani va uning usullari. Sifat analiz usullari. Kationlarning analitik guruhlarga bo'linishi

O'quvchilarga / Kimyo
Analitik kimyo fani va uning usullari. Sifat analiz usullari. Kationlarning analitik guruhlarga bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

ANALITIK KIMYO FANI VA UNING USULLARI. SIFAT ANALIZ USULLARI. KATIONLARNING ANALITIK GURUHLARGA BO'LINISHI Reja: 1. Kirish. Analitik kimyo fani va uning metodlari. 2. Sifat analizi usullari. 3. Barcha kationlariga asosiy reaktivlarning ta'siri 4. Kationlarni analitik guruhlarga bo'linishi. Tayanch iboralar: Analitik kimyo, kation, , reagent, guruh, analiz, sifat analiz, eritma, suvli eritma, indikatorlar, lakmus, fenol ftalein, metil zarg'aldog'i, erituvchi, organik reagentlar Keyingi yillarda analitik kimyo fanining xalq - xo'jaligidagi roli tobora kengayib bormoqda. Qishloq xo'jaligi uchun mineral o'g'itlar, o'simliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish preparatlari (gerbetsid, pestitsid shu kabilar) ishlab chiqarishda, analitik kimyoning roli beqiyos. Kirish. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik kimyo oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlashda muhim o'rin tutadi, shuningdek, u barcha kimyo fanlarini o'rganishda tayanch bo'lib xizmat qiladi. Tibbiyotda dori - darmonlar tayyorlash ham analitik kimyo usullaridan foydalanib o'tkaziladi. Analitik kimyo fani - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o'rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma'lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya'ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Vodorod sulfidli usul bo'yicha kationlarning sinflarga bo'linishi Analizni to'g'ri va to'la olib borish uchun analitik kimyo usullarini mukammal bilish va bеrilgan masalani hal qilish uchun eng qulay usulni tanlab olish kеrak. Har qanday analizni muvaffaqiyatli tеkshirish uchun namuna olish, uni analizga tayyorlash, zarur hollarda tеkshiriladigan moddani boshqalaridan ajratish, konsеntrlash amallarini qay darajada mukammal va to'g'ri bajarilishiga bog'liq. Analitik uchun namuna olish, moddalarni ajratish, konsеntrlash, analizni bajarishgina ahamiyatli bo'lib qolmasdan, o'lchash, olingan natijalarni to'g'ri baholash, ularni talqin qila bilish juda muhimdir. Shuni unutmaslik kеrakki, analizning har bir bosqichi, har bir amali aniq bajarilishi kеrak. Aks holda arzimagan amal katta xatolarni kеltirib chiqaradi Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o'rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma'lum bo'lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo'lganda ham, sifat tarkibini o'rganmay aniqlab bo'lmaydi. Shuning uchun moddalarni analiz qilishga doir muammolarni kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullapni qo'llash bilan hal etish mumkin. Kimyoviy usul bilan ish ko'rilganda aniqlanishi lozim bo'lgan element yoki ion o'ziga hos hususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo'lganligi asosida xulosa qilinadi. Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy hossalari o'rtasidagi bog'lanishdan foydalanishga asoslangan (spektral, lyuminescent, rengenostruktura va hokazo.). Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalar jarayonida fizikaviy hossalarining o'zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchala analiz usullari orasiga hamma vaqt keskin chegara qo'yib bo'lmaydi. Ba'zan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari instrumental analiz usullari deyiladi. Analitik kimyoni qishloq xo'jaligidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 118.55 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 118.55 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga