Analitik kimyo fani va uning usullari Reja: Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida. Analitik kimyoning qishlok xo'jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari. Sifat analizi usullari. Analitik reaktsiyalarning o'tkazish usullari. 1. Analitik kimyo mustaqil kimyoviy fan sifatida. Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz. Masalan, grafik birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur. Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o'zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi. Analitik kimyo moddalarni analiz qilish usulari haqidagi fan bo'lib, uning mazmunini analiz qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarni hal qilishdan iborat. Hozirgi kunda analitik kimyo oldiga ancha murakkab masalalar qo'yiladigan bo'ldi. Endi kimyoviy elementlarning faqat o'zigina emas ularning izotoplarini ham aniqlash talab etilmoqda. Hozirgi vaqtda «modda tarkibi» degan tushunchaning o'zi ham keng ma'no kasb etadi. Endilikda «modda tarkibi» degan tushuncha ayni moddadagi kimyoviy elementlar bir necha atomdan iborat funktsional gruppalar ion, molekula va izotoplarni ham o'z ichiga oladi. Analizdan maqsad hamda uni hal etish usullariga qarab analitik kimyo «sifat analiz va miqdoriy analiz» qismlariga bo'linadi. Sifat analizida tekshirilayotgan modda tarkibida qanday elementlar gruppasi va qanday ionlar bor-yo'qligi aniqlanadi. Masalan ammafosda N2, P,H2, O2, elementlar yoki NH+4,va H2PO4 ionlarning mavjudligi aniqlanadi. Miqdoriy analizda murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdori massa protsenti aniqlanadi. Masalan, ammofos tarkibida Р2О5 dan m % borligi aniqlanadi. Murakkab moddalar avvalo, sifat analiz qilinib, so'ngra tekshirilayotgan elementlarning massa protsentlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi. Demak sifat analiz miqdor analizdan oldin o'tkazilishi shart. Miqdor analizi natijalariga ko'ra reaktsiyaning muvozanat konstantasi , moddaning eruvchanlik ko'paytmasi va boshqa qiymatlar hisoblab chiqarilishi mumkin. Boshqa fanlar kabi analitik kimyo ham mustaqil fanlar qatorida o'rganiladi. D. I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, massalar ta'siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, koordinatsion birikmalar hosil bo'lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi. Hozirgi davrda analitik kimyo zamonaviy mukammal usullarga ega. Ular kimyoviy moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Masalan, moddalarning cho'kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo'lishi kabi xossalariga asoslanib analitik usullar yaratiladi. Barcha usullarni uch gruppaga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoyaviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaktsiyalarga asoslanadi. Analiz protsessida foydalaniladigan ana shunday kimyoviy reaktsiyalar analitik reaktsiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deb ataladi. Kimyoviy analiz usullari puxta sinovdan o'tkaziladi. Shu sababli ular aniq natija beradi. Lekin ko'pchilik kimyoviy usullarning sezgirligi u qadar yuqori emas, analiz ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: doc