Analitik kimyo, uni vazifalari. Sifat anlizi, uning metodlari

Analitik kimyo, uni vazifalari. Sifat anlizi, uning metodlari

O'quvchilarga / Kimyo
Analitik kimyo, uni vazifalari. Sifat anlizi, uning metodlari - rasmi

Material tavsifi

Analitik kimyo, uni vazifalari. Sifat anlizi, uning metodlari Reja: Analitik kimyo fani va uni xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Sifat analizi, uning metodlari. Kationlar analizining tizimlari. Moddalar (yoki ular aralashmalari) tarkibini sifat va miqdoroy jihatdan tekshirish metodlari haqidagi fan analitik kimyo deb nomlanadi. Shu sababli bu fanni ikki kismga sifat va miqdoriy analizga bulanadi. Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda muhimdir. Analitik kimyo malum darajada geoximiya, geologiya, minerologiya, fizika, biologiya, agrokimyo, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, meditsina va boshqa tabiy fanlarni rivojlanishiga yordam beradi. hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayonni nazorat kilin maydigan birorta xam kimyoviy korxona yuk. Kimyoviy analiz xomashyo, va tayyor mahsulot sifatiga baho berishiga yordam beradi. hozirgi vaqtda atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim muammolar katorida turadi. Analitik kimyo metodlarisiz bu borada birinchi kadamni kuishi xam mumkin emas. Chunki suv, atmosfera havosi tarkibidagi o'zgarishlarni aniklamasdan ularni tozalashga kirishib bulmaydi. Mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolardan biri ekologik muammo ekanligi prezidentimiz I. Karimovning Uzbekistan buyuk kelajak sari (T:, O'zbekiston nashriyati, 199y) asarida kursatib utilgan. Ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniklashda, ichimlik va okar suvlarni, ozik-ovqat mahsulotlarini analiz qilishda analitik kimyo metodlari kullaniladi.Sifat analizi aniklanuvchi modda tarkibiga qanday elementlar (eki ionlar) kirishini o'rganuvchi metodlarni mukammalash tiradi, yangi va tez bajaralidagi mukammal metodlarni yaratish kabi vazifalarni bajaradi. hozirgi davrda analitik kimyo zamonoviy mukammal metodlar bilan ish bajaradi. Ular kimyoviy moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Masalan moddalarning chukmaga tushishi, rangi gaz holatda bo'lishi kabi xossalarga asoslanib analitik metodlar yaratiladi. Barcha metodlarni uch guruhga: kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy metodlarga ajratish mumkin. Analiz jarayonida foydalaniladigan kimyoviy reaksiyalar analitik reaksiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deb ataladi. Tekshirilayotgan modda miqdoriga, analizda ishlatiladigan eritmalarning xajmiga ko'ra analiz metodlari makro-, yarim mikro-, mikro-, ultra mikrometodlarga bulinadi. Makrometodda reaksiya o'tkazish uchun 0,1 va undan ko'p modda yoki 1,0- 10,0 ml eritma olinadi. Yarim mikrometodda analiz qilish uchun qattiq moddadan 10-50 mg, eritmadan 0,1 ml - 5ml olinadi. Mikrokimyoviy analizda 10-3 - 10-6 g qattiq modda,eritmadan 0,1 dan 10-4ml. gacha olib analiz kilinadi. Ultra mikro analizda olinadigavn qattiq moddalar va eritmalar xajmi makroanalizdagiga nisbaton 100 marta kam olinadi. Sifat analizida ionlar kationlar va anionlarning guruhlariga ajratilab tekshiriladi. Kationlarni analitik guruhlarga bo'lishning uch tizimi mavjud: Kationlar analizining sulfidli tizimi. Kationlar analizining kislota-asosli tizimi. Kationlar analizining ammiakli-fosfatli tizimi. Ulardan eng kulay va kuprok qo'llaniladigani sulfidli tizim hisoblanadi. Bu tizim asosida kationlarning sulfidlari, xloridlari va karbonatlarining eruvchanligi yotadi. Ularning har xil eruvchanligiga bog'liq holda elementlarning kationlari beshta analitik guruhlarga bulinadi. Birinchi analitik guruhga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.25 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.25 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga