Analitik kimyoning metrologik asoslari Metrologiya Metrologiyaning analitik kimyo sohasidagi asosiy vazifalariga turli moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, o'lchov asboblarini tekshirish, ularni davlat sinovini o'tkazish va boshqalar kiradi. Metrologiya nuqtai-nazarida kimyoviy analiz, bu moddaning kimyoviy tarkibini o'lchash (axborot olish) jarayonidir. Bunda axborot (analitik signal) ko'z bilan kuzatish yoki biror asbobda yordamida olinadi. Analitik signal IYuPAK ning tavsiyasiga ko'ra analitik signal aniqlanadigan moddani tekshiriladigan obyekt tarkibidagi miqdori bilan bog'liq va analizning oxirgi bosqichida o'lchangan fizikaviy kattalik-ning o'rtacha qiymati. Odatda, bu qiymat: tortish natijasi, moddaning spektri, potentsial, elektr o'tkazuvchanlik, tok qiymati, optik zichlik va boshqalar bo'lishi mumkin. Kimyoviy sifat analizida eritma rangining o'zgarishi yoki rang paydo bo'lishi, cho'kma tushishi, gaz ajralib chiqishi ham analitik signaldir Analitik signal. Analitik signal (u) va modda miqdori (s) o'zaro qo'yidagicha bog'langan: u=f(s). Bunda f -graduirovka koeffitsiyenti. Tajribada modda miqdorini aniqlash sxemasi: -f-ni qiymatini aniqlash; -aniqlanadigan moddaga tegishli analitik signalni (u) o'lchash va (u) va (f)dan foydalanib aniqlanadigan modda miqdorini topishdan iborat. Tajribada aniqlangan analitik signallar asosida tekshiriladigan aralashmaning sifat va miqdoriy tarkibi, aniqlanadigan moddaning fizik konstantalari va boshqalar haqida tegishli xulosalar chiqariladi. Analitik kimyoda tegishli analitik signalni olishning keng tarqalgan usuli o'lchashdir. Analiz davomida maxsus o'lchov vositalari yordamida tekshiriladigan moddaning ayrim ko'rsatgichlari o'lchanadi. Bunga misol qilib moddaning massasini, eritmani hajmini, optik zichligini, poten-tsiali, elektr o'tkazuvchanligi, rN qiymatini, o'lchashni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ham metrologiya o'lchashlar haqidagi fan sifatida analitik kimyo bilan uzviy aloqada. O'LChASh O'lchov usuli va vositalari O'lchov usullari o'lchanayotgan kattalikning qanday miqdori aniqlanishiga qarab ikkiga bo'linadi:bevosita (absolyut) o'lchash usullari; va bilvosita (nisbiy) o'lchash usullari. Bevosita o'lchash usullari u=f(s)tenglamadagi f ning qiymatini aniqlash talab etilmaydigan usullar kiradi. Graduirovka funksiyasi aniq-lanmaydigan bunday usullar absolyut usul deyiladi. Ammo kimyoviy analizda bunday usullar juda kam. O'lchov usullari. Mas.: modda miqdori (m) uning molekulyar massasini (M) ni mol.lar soni (n) ga kupaytmasi teng. Yani m=Mn ga teng. Bu tenglamadan foydalanib modda miqdorini topishda molekulyar massa (M) ning qiymati har qanday modda uchun malum. Graduirovka funksiya aniqlanmaydigan bunday usullar absolyut usul deyiladi. f-ni qiymati tajribada aniqlanadigan usul nisbiy usul deyiladi. Shunday qilib graduirovkalash ta-lab etilmaydigan usul absolyut, graduirovkalash talab etiladigan usul nisbiy usullarga kiradi O'lchov vositalari O'lchov vositasi (asbobi) deb aniqlanayotgan kattalik miqdoriga mos signal beruvchi va shu signalni tegishli boshqa manbalarga uzatuvchi asbobga aytiladi. O'lchov asbobining asosiy qismi bo'lib uning shkalasini bo'lagi va ko'rsatish diapazoni hisoblanadi. Shkalaning ikki qo'shni ko'rsatkichlari oralig'i - shkala bo'lagi, shkalaning oxirgi va boshlang'ich qiymatlari bilan che-garalangan sohasi asbobning ko'rsatish diapazoni deb ataladi. O'lchov asbobining sezgirligi deb ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.4 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.4 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: pptx