Analizning elektrokimyoviy metodlari

Analizning elektrokimyoviy metodlari

O'quvchilarga / Kimyo
Analizning elektrokimyoviy metodlari - rasmi

Material tavsifi

Analizning elektrokimyoviy metodlari Reja: Analizning elektrogravimetrik metodi. Analizning potentsiometrik metodi. Analizning konduktometrik metodi. Analizning elektrokimyoviy metodlariga elektrogravimetrik va elektrotitrimetrik metodlar kiradi. Elektrogravimetrik metod asosida elektroliz jarayoni yotadi. Eritma orqali doimiy tok o'tkazilganda elektrodlarda metallar, oksidlar yoki tuzlar ajraladi. Elektrodlar elektrolizgacha va u o'tkazilgach analitik tarozida tortiladi. Ajralib chikkan modda miqdori elektrod massasining oshishiga karab aniklanadi Topilgan massa bo'yicha tekshirilayotgan eritmadagi modda tarkibi haqida fikr yuritiladi. Bu metodda qo'llaniladigan elektrodlarga quyidagi talablar kuyiladi: elektroliz jarayonida elektrodlar eritmada bo'lgan moddalar bilan kimyoviy reakitsyaga kirishmasligi, havo kislorodi bilan oksidlanmasligi lozim. Ajralgan modda elektrodga zich yopishishi kerak. Analizning elektrotitrimetrik metodining mohiyati shundan iboratki, tekshirilayotgan eritmaga malum kontsentratsiyali reagant eritmasi kushiladi. Reaksiyaning tamom bo'lishi - ekvivalent nuqtasi eritmaning elektrik xossalarini o'zgarishiga karab aniklanadi. Potentsiometrik analiz tekshirilayotgan eritmaga tushirilgan elektrod potentsialini o'lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan eritmani titrlashda ekvivalent nuqta yaqinida potentsialning keskin o'zgarishi kuzatiladi . Indikator elektrodning potentsialini aniqlash uchun uni solishtirish elektrodi bilan ulanib, hosil bo'lgan elektrolitik yacheyka o'lchash uskunasi - potentsiometrga ulanadi. Elektrod potentsialining qiymati eritmadagi tegishli ionlarning kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi (potentsiometrik titrlash sxemasi kltiriladi) Analizning konduktometrik metodi eritmalarning elektr o'tkazuvchantigini o'lchashga asoslangan. Eritmaning elektro'tkazuvchanligi malum temperaturada elektrolitning kontsentratsiyasiga taxminan proportsionaldir. Konduktometrik titrlashda titrlashning oxirgi nuqtasi eritmaning elektr o'tkazuvchanligini o'zgarishiga karab belgilanadi. Moddalar eritmasini standart eritma bilan titrlanganda kam dissotsilanuvchi yoki kam eruvchan birikmalar hosil bo'lishi hisobga eritmaning elektr o'tkazuvchanligi keskin kamayishi mumkin. Bunda titrlashning oxirgi nuqtasi konduktometrik titrlashning egri chizigidagi elektro'tkazuvchanlikni minimumiga mos keladi. Reagent eritmasidan ortikcha tomchi kushilganda eritmaning elektr o'tkazuvchanligini ortishiga olib keladi, bu titrlashning tamom bo'lganligini kursatadi. Konduktometrik titrlashni qo'llanilishi chegaralidir, chunki elektro'tkazuvchanlik eritmada bo'lgan xamma inolar kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli qandaydir ionni miqdorini boshqa xamma ionlar ishtirokida bu usulda aniqlash etarli darajada aniq bulmasligi mumkin. Elektrotitrimetrik analizning boshqa metodlari to'g'risida studentlarga tushuncha beriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga