Anionli polimerlanish 1. Anionli polimerlanishda katalizatorning o'rni. 2. Anion-koordinatsion polimerlanish usuli. 3. Sigler-Natta katalizatorlari. 4. O'zbekistonda anion - koordinatsion polimerlanish usulining ahamiyati. Reja: Anionli polimerlanish katalizatori sifatida ishqoriy metallar va ularning amidlari, metall-organik birikmalar, yuqori valentli metall oksidlari va elektrodonor xossalariga ega bo'lgan boshqa moddalar ishlatiladi. Katalizator va monomer molekulalari o'zaro reaksiyaga kirishib anion kompleksini hosil qiladi: CH2=CH-R + MeR1 = R1-CH2-CH2-R + Me+ Anionli polimerlanishning o'ziga xos xususiyati shundaki, u past haroratda ham katta tezlik bilan davom etadi. Haroratning pasayishi bilan anionli polimerlanish reaksiyasining tezligi ortib boradi. Shuning uchun ham reaksiya ba'zi vaqtlarda -50°С vа -190°С harorat oralig'ida olib boriladi. Masalan: akrilonitrilning natriy amid ta'sirida ammiakli muhitda polimerlanishini ko'rish mumkin. Katalizator: NaNH2 → Na+ + NH2- Aktiv markazning paydo bo'lishi: NH2 + CH2=CH-CN → NH2-CH2-CH2-CN Monomer va katalizator konsentratsiyalarining ortishi bilan polimerlanish tezligi ham ortadi. Sigler-Natta katalizatorlari: Аl(С2Н5)з+ТiСl4 Polimerlar ishlab chiqarishning yangi o 'ta muhim imkoniyati Sigler-Natta ilmiy izlanishlari natijasida yaratildi. Ular murakkab katalizatorlarni tekshirib, tanlab, ishlatib, monomeri katalizator bilan fazoda ma'lum holat va yo'nalishda koordinasiyalab, xohlagan mikrostrukturali polimerlar olish uslubini ishlab chiqishdi. Sigler va Natta tomonidan kompleks katalizatorlarning kashf qilinishi anionli polimerlanish sohasida qo'lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biri bo'ldi. Sigler-Natta katalizatorlari I-II guruh elementlarining organik birikmalaridan va IV-VII guruh qo'shimcha guruh elementlaridan tuziladi. Katalizatorlar geterogen va gomogen holatda olinadi. Geterogen katalizatorlar ishtirokida izotaktik, gomogen katalizatorlar ishtirokida esa sindiotaktik polimerlar olinadi. Polipropilen, polisteriol va boshqa ba'zi polimerlar o'zlarining fazoviy tuzilishiga qarab izotaktik va sindiotaktik polimerlarga bo'linadi. 1. Izotaktik polipropilen: ~ СН2 - СН - СН2 - СН - СН2 - СН - СН2 - СН ~ | | | | СН3 СН3 СН3 CH3 2. Sindiotaktik polipropilen: СН3 CH3 | | ~ CH2- CH - CH2- CH - CH2 - CH - CH2 - CH ~ | | CH3 CH3 3. Ataktik polipropilen: CH3 | ~ СН2 - СН - СН2 - СН - СН2 - СН - СН2 - СН ~ | | | CH3 CH3 CH3 Izotaktik va sindiotaktik polimerlarda uchlamchi uglerod atomlari bilan bog'langan metil guruhlar hamma vaqt bir-biriga nisbatan ma'lum masofada joylashgan va ma'lum fazoviy tuzilishga ega bo'ladi. Ataktik polimerlarda esa metil guruhlar tartibsiz joylashgan bo'lib, fazoviy tuzilishi muayyan qoidalarga bo'ysunmaydi. Xulosa qilib aytganda, polimerlar kimyosi sohasida steriotartibli polimerlanish jarayonlarining kashf etilishi kimyo sanoatining katta yutug'i bo'lib, hozirda bu jarayon yordamida 1,4 - sis - polizopen, kristall polietilen, izotaktik polipropilen, polimetilmetakrilat polisteriol va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Anionli polimerlanish Anionli polimerlanish katalizatorlari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: pptx