Anna Ivanovna Glushenkova

Anna Ivanovna Glushenkova

O'quvchilarga / Kimyo
Anna Ivanovna Glushenkova - rasmi

Material tavsifi

Anna Ivanovna Glushenkova Anna Ivanovna Glushenkova 1926 yilda Volgograd viloyatining Rudnyansk tumanida tavallud topgan. 1936 yilda otasining armiyadagi xizmatidan so'ng Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga ota-onasi bilan ko'chib kelishadi. 1943 yilda Termizda o'rta maktabni tamomlagach, o'rta Osiyo Industrial (so'ngra Toshkent Politexnika) institutiga o'qishga kiradi. 1948 yilda institutni tamomlab, ushbu institutniig aspirantura-sida o'qiydi. 1953 yilda professor A.L. Markman rahbarligi ostida «Paxta kunjarasining yogligiga ayrim faktorlarniig ta'siri» mavzusidagi nomzodlik diosertatsiyasini himoya qiladi. Avval «Moylar texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, so'ngra mudiri lavozimlarida ishlab, O'zbekiston va xorijda yuqori malakali mutaxassislarning tarbiyasi va bilim olishiga sezilarli hissasini ko'shgan. Talabalari orasida 3 nafar akademik - Z.S.Salimov, N.R.Yusupbekov va M.F.Abidova, yog'-moy kombinatlari direktorlari va boshqa ko'zga ko'ringan olimlar bor. Kafedra mudirligi davrida Ittifoq oziq-ovqat sanoati vaziri P.V. Naumenkodan o'z talabalarini Moskva, Leningrad, Krasnodar, Voronej, Xarkov, Poltava, Dnepropetrovsk va boshqa yirik shaharlardagi yog' - moy kombinatlarida diplomoldi amaliy ishlarini o'tashi uchun ruxsatnoma olishga muvaffaq bo'ldi. Buning natijasida talabalarning kungaboqar, soya, saflor kabi yog manbalari bo'lgan o'simliklarni qayta ishlash tajribalarini o'rganish va o'sha davrda O'zbekistonda bo'lmagan fosfolipidlar, glitserin ajratib olish, gidrogenizatsiya, pereeterifikatsiya texnologiyalari bilan tanishish imkoni yaratildi. Bundan tashqari, talabalarning ittifoqning markaziy shaharlarida bo'lishi ularning umumilmiy saviyasi o'sishiga olib keldi. 1961 yildan boshlab A. I. Glushenkova o'z FA UMKI da avval katta ilmiy xodim, so'ngra lipidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri, 1984 yildan to 1989 yilgacha ushbu institutning direktori lavozimida ishlab keldi. 1972 yilda «Gidrogenizatlar tarkibiga katalizator tabiatining va paxta yogining gidrolash rejimlari ta'siri» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1982 yilda professor unvoniga sazovor bo'lib, 1984 yilda O'z FA muxbir azosi, 1989 - 1991 yillari FA Prezidiumi azosi, 200 yildan esa O'zR FA akademigi unvoniga erishdi. A.I.Glushenkova - tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasida taniqli olima. Butun umrini va ilmiy faoliyatini lipidlar, xususan paxta texnologiyasi va kimyosi bilan bog'ladi. Namangan shahridagi zavodda tadqikotini olib borgan fan nomzodligi ishida eksperimentlar natijalarini qayta ishlash uchun matematik statistika usulini qo'llagan. Bu o'z navbatida turli namlik, temperatura, luzgalik va maydalanish darajalari ko'rsatkichlarida paxta mezgasini mexanik presslarda presslashnint asosiy parametrlarini aniklab chiqishga olib keldi. Bunday yondoshish natijasida kunjara yog'ligini kamaytirish hisobiga yog'ni ko'proq olish imkonini yaratgan, o'z vaqtida zamonaviy sanalgai supsrduoekspeller apparatlarida paxta chigitini qayta ishlashning optimal shart-sharoitlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo'lindi. Nomzodlik ishining natijalaridan Respublikaning yog'-moy kombinatlarida foydalanib, mezganing dastlabki presslanishini qo'llab, yog' olishniig noekstraksion usuliga o'tib ketildi. A. I. Glushenkovaning 1952 yilda chop etilgan dastlabki ishida, paxta yog'i sifatini oshirish uchun uni okartirishda mahalliy tuproqlardai foydalanish imkoniyatlari ko'rsatib o'tilgan edi. Olima alohida etiborini gossipoli kam bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.85 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.85 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga