Anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o'rganish

Anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o'rganish

O'quvchilarga / Kimyo
Anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Umumta'lim maktablari anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o'rganish Reja: 1. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi 2. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish 3. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o'rganish sharoitlari. Asosiy tushunchalar: Moddaning tuzilishi - modda haqidagi tushunchalar, moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi: atom tuzilishi haqidagi tushuncha, yadro tarkibi, izotoplar, atomda elektronlar holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron qobiqlar. Moddaning tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan muammolar hozirgi zamon kimyosining diqqat markazida turadi. Maktab kimyo kursini shu muammolardan tashqarida o'rganib bo'lmaydi. Kimyoviy elementlar xossalari, kimyoviy jarayonlar barchasi moddaning tuzilishi asosida tahlil etiladi. Moddaning tuzilishi - modda haqidagi tushunchalar, tuzilishlar, bilimlar majmui bo'lib hozirgi vaqtda katta rivojlanish bilan birga - yalpi nazariyaga aylanadi. Bu mavzuni o'rganish o'quvchilar oldiga aniq maqsad qo'yadi. Uning ta'limiy maqsadi - o'quvchilar atom murakkab sistema, kimyoviy bog'lanish turlarining eletron mohiyati kristall panjaralar tipi kabilarning mohiyat mazmunini o'rganishlari lozim. Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati - shundan iboratki elementlar va moddalar tabiatda bir xil mohiyat kasb etib o'quvchilar dialektik - materialistik qarashlari haqidagi tushunchalarini shakllantiradi. Davriylik nazariyasi o'quvchilarda moddlar tuzilishining ichki qonuniyatlari haqidagi bilimlar rivojlanishiga olib keladi. Moddaning tuzilishi haqidagi bilimlarni o'rganish o'quvchilar tafakkurini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi ta'lim funksiyasi amalga oshadi. Mohir pedagoglarning tajribalarini to'plab, umumlashtirib o'rganish, ko'p yillik shaxsiy tajribalar asosida o'quvchilar tayanch bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish yo'llariga oid muayyan xulosalar vujudga keladi. Bu xulosalarning negizi o'quvchilarni kimyo faniga bo'lgan qiziqishlari, ularning moddiy olamni bilib borish singari oddiydan murakkabga qarab borishni tashkil etadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalarni o'rganishga maktab dasturida 24 soat vaqt ajratilgan. O'quvchi tegishli mavzularni o'rganish jarayonida kimyoviy elementlar, qonunlar, tushunchalar haqida ilk ma'lumot oladi va ularda kimyo faniga qiziqish uyg'onib, kimyoviy reaktivlar bilan munosabatda bo'lish malakasi hosil bo'ladi. Biz quyidagi tajribaga tayangan holda, o'quvchilarni asta - sekin davriy qonun va moddalarni tuzilishini o'rganishga tayyorlash uchun o'qituvchi dars davomida nimalarni amalga oshirsa, qanday maqsad va vazifalarni ruyobga chiqarsa ijobiy natijaga erishishi xususida to'xtalamiz. 1. kimyoning predmeti moddalar mavzusida: a) darsning ta'limiy maqsadi - o'quvchilarga kimyoning predmeti, uning qamrab olgan sohalari, moddaning eng muhim fizik xossalari, moddalarning bir - biridan farqi kimyo fani nimani o'rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma'lumot berish: b) darsning tarbiyaviy maqsadi - o'quvchilarning shu fanga qiziqtira bilish, ularda moddalarning fizik xossalari asosida bir - biridan ajrata olish malakalarini hosil qilish; v) darsning rivojlantiruvchi maqsadlari - o'quvchilarning ilgari olgan bilimlarini tartibga solish, ularda moddiy borliq haqida bir moddani boshqa moddaga aylantirish haqida, kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati haqida aniq tasavvurlar hosil qilish. 2. Toza moddalar va aralashmalar mavzusida; a) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.29 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.29 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga