Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigyenasi Subtitle here Reja: Kimyo farmatsevtika korxonalaridagi mehnat gigiyenasi Kimyo-farmasevtika sanoati - xalq xo'jaligining yetakchi sohalaridan biridir. Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash keng qo'llanadi. 1990-yildan boshlab tibbiyotga oid korxonalarga sil kasalligi, virusli kasalliklar, o'tkir bacterial, yuqumli, yurak-tomir va boshqa kasalliklarni oldini olish va sifatli davolash maqsadida o'zimizda ishlab chiqariladigan dori reparatlari, antibiotiklar, vitamin va garmonlarga doir preparatlarni ko'plab ishlab chiqarish vazifasi yuklatildi. Zamonaviy kimyo-farmasevtika korxonalari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, uning rivojlanish spetsfikatsini belgilaydi, jumladan, chiqariladigan mahsulotni kimyoviy tozaligini ta'minlash. Bundan tashqari mushak ichiga yuboriladigan, vena ichiga kiritiladigan, teri ostiga yuborilish uchun mo'ljallangan preparatlarning to'liq sterillanganligini ta'minlashi kerak. Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifat ko'rsatkichlari O'zR farmokopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak. Kimyo-farmasevtika korxonalarining ikkinchi o'ziga xos xususiyati, ko'pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichiqligi hisoblanadi. Kimyo-farmasevtika korxonalarida faqat sulfanilamidlar, salitsilatlar, barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta miqdorlarda ishlab chiqiladi. Kimyo-farmasevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik ta'rif Kimyo-farmasevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo'yicha zavodlar va tayyor dori shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi. Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik sintezlashni keng ko'lamda qo'llash yotadi va bu mazko'r korxonalari asosiy kimyo sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi. Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyo-farmasevtika preparatlari turli xilda xom-ashyo sifatida qo'llanib, ular o'simlik va hayvon mahsulotlari va kimyoviy sintez yo'li bilan olinadi. Kimyoviy xom-ashyo eng keng tarqalgan mahsulot turi hisoblanadi. Mineral xom-ashyolar anorganik tuzlar, hamda turli organik birikmalarni sintezlash uchun ingridirent sifatida qo'llanadi. Bu yo'nalishda mineral kislota va ishqorlar katta miqdorlarda ishlatiladi. Birlamchi organik xomashyoni toksokimyo, neft-kimyo, anilin bo'yoqli korxonalar va asosiy organik sintez korxonalari yetkazib beradi. Dori preparatlari ishlab chiqarishda hayvon mahsulotlari keng qo'llaniladi, jumladan, hayvonlarni qonidan gistidin, bo'ylrak usti bezlaridan adrenalin, oshqozon osti bezidan insulin, qalqonsimon bezlardan tireodin va b.q. Dori-preparatlarni olishdagi texnologik operatsiyalarning xamma, turlarini tayyorlov, bevosita dori preparatlarini olish jarayoni, yakuniy va qo'shimcha operatsiyalarga bo'lishi mumkin. Dorivor preparatlarni bevosita olish jarayonining asosida almashinish, termik, elektrokimyoviy ishlov berish, biologik jarayonlar, elektroliz kabi jarayonlar yotadi. Texnologik jarayonning mazko'r bosqichida: sulfirlash. nitrolash va galogenlash, aminlash va oksidlash, qaytalanish va oksidlanish reaksiyalari keng qo'llanadi. Tabletka, draje, ampula ko'rinishidagi tayyor dori shakllarini olish juda ko'p tayyorlov va asosiy jarayon va operatsiyalardan tashkil topgan bo'lib, shunga muvofiq - jihozlarda ma'lum tartib va ketma-ketlikdagi ishlar amalga oshiriladi. Dori shakllarini plastmassali, qog'ozli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:24 ]
Arxiv ichida: pptx