Anvar Hakimovich Ismoilov (1935-1986) Silikatlar kimyosi va texnologiyasi fanining yirik namoyandalaridan biri Anvar ya Hakimovich Ismoilov 1935 yil 1 aprelda I Toshkent shahrida tug'ildi. 1953 yili O'rta Osiyo Politexnika institutining kimyo-texno-logiya fakultetiga o'qishga kirib, uni 1958 yili «Silikatlar texnologiyasi» ixtisosligi bo'yicha tamomlaydi. Xalq xo'jaligi Kenga-shining Toshkent bo'limida muhandis bo'lib ishga yuboriladi. 1959 yili o'zi bitirgan institutning «Silikatlar texnologiyasi» kafedrasiga ishga taklif kilinadi. Assistent vazifasida talabalar bilan mashg'ulotlar olib boradi, talabalarning Moskva, Novgorod, Voskresensk kabi shaharlardagi korxonalardagi amaliyotlariga rahbarlik qiladi. Shu bilan birgalikda ilmiy ishlarini ham olib boradi. 1962 yili D.I. Mendeleev nomidagi Moskva Kimyo-texnologiya institutiga aspiranturaga kiradi. 1966 yili o'zining nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Bir yilda dotseitlik unvonini oladi. 1968 yili u ToshPIning ilmiy-tadqiqot bo'limi boshligi vazifasiga o'tkaziladi. 1969 yilning noyabrida esa O'zbekiston OliY va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ilmiy bo'limiga boshliq qilib tayinlanadi. Dotsent A. Ismoilov 1971 yildan boshlab Toshkent Politexnika instituta ilmiy kotibi hamda keramika va o'rta chidamli materiallar texnologiyasi kafedrasi dotsenti vazifalarida ishlay boshlaydi. 1976 yili institutda «Anorganik kimyo» kafedrasini ochadi, bir yo'la unga mudirlik ham qiladi. A. Ismoilov pedagogik va ma'muriy ishlarini ilmiy-tadqiqotlari bilan birgalikda davom ettiradi. Aspirantlar, stajyorlar va yosh ilmiy xodimlar bilan faol ishlar olib boradi. A. Ismoilov 1982 yili o'zining mahalliy xom ashyolar asosida yaratgan chinni olish texnologiyasiga bagishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Uning bu asosda yaratgan chinni idishlari xalq xo'jaligi yutuklari ko'rgazmasida bronza me'daliga sazovor bo'ladi. Olim 1983 yili professorlik unvonini oladi. 1983 yilda A. Ismoilov Toshkent Politexnika institutining kimyo- texnologiya fakultetiga dekan qilib saylanadi va umrining oxirigacha ushbu vazifada ishlaydi. Olim bir necha fan nomzodlari ishiga rahbarlik qiladi. Professor A. Ismoilovning jamoa ishlaridagi xizmati 'ham diqqatga sazovordir. U institut kasaba uyushmasi qo'mitasi, ilmiy kengashlar azosi edi. Rektorlar kengashining Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ilmiy kotibi sifatida ham faoliyat ko'rsatdi. Olim Respublika Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig'i, «Oliy ta'lim alochisi» belgisi bilan taqdirlangan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.85 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.85 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:24 ]
Arxiv ichida: docx