Anvar Kabirovich Abdushukurov

Anvar Kabirovich Abdushukurov

O'quvchilarga / Kimyo
Anvar Kabirovich Abdushukurov - rasmi

Material tavsifi

Anvar Kabirovich Abdushukurov Anvar Kabirovich Abdushukurov 1942 yil 7 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. 19-sonli o'rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kirgan va uni 1969 yilda tamomlab, organik kimyo kafedrasida ishlashga tavsiya qilingan. Kimyo fakulteta organik kimyo kafedrasida katta laborant (1969 - 1974), kichik ilmiy xodim (1974 - 1980), katta ilmiy xodim (1980 - 1986), assistent (1986 - 1989), katta o'qituvchi (1989 - 1990), dotsent (1991 - 2008) va 2009 yildan boshlab professor lavozimida ishlaydi. A. AbdushukuroB kimyo va biologiya-tuproqshunoslik fakulteta talabalariga «Organik kimyo» umumiy kursidan ma'ruzalar o'qiydi, seminar va laboratoriya mashg'ulotlari olib boradi. Organik kimyo mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan magistrantlarga «Organik funksional analiz» va «Organik birikmalarning tabiiy maibalari» maxsus kurslaridan dare olib boradi. A. Abdushukurov aromatik birikmalarni xloratsetillash mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U aromatik uglevodorodlar, izomer xlortoluollar va fenollarni katalitik miqdordagi Lyuis kislotalari bilan xloratsetillash reaksiyalarini birinchi bo'lib o'rgangan. Katalitik miqdordagi Lyuis kislotalari va ekvimolekulyar miqdordagi A1S1z bilan olingan ma'lumotlar asosida uglevodorodlarning va katalizatorlarning faollik qatorini topgan. A. Abdushukurov aromatik uglevodorodlarni xloratsetillash reaksiyasi kam miqdordagi katalizatorlar bilan borganda asosiy reaksiya bilan bir qatorda aromatik halkada qo'shimcha dezalkillash reaksiyalari va metil guruhining siljishini tajribalar asosida birinchi bor tasdiqlagan. Fenollarni xloratsetillash reaksiyalariga kam miqdordagi temir tuzlarini ko'llagan va reaksiya natijasida O- va S- atsetil mahsulotlar aralashmasi hosil bo'lishini va ularni ayrim holda sintez qilish usullarini topgan. Aromatik birikmalarni xloratsetillash mahsulotlari asosida adabiyotda nomalum bo'lgan 180 ga yaqin moddani sintez qilish metodikasini ishlab chiqqan va ularning tuzilishlarini aniqlagan. A.Abdushukurov ilmiy-tadqikot ishlarini amaliyotga qo'llash maqsadida sintez qilingan moddalarning biologik faolligini O'simliklarning eksperimental biologiyasi, G'o'za seleksiyasi va urug'chiligi institutlari olimlari bilan hamkorlikda o'rgangan. Sinov natijalariga ko'ra, bu moddalarda gerbitsidlik va fungitsidlik xossasi birinchi bor aniqlangan va 1975 yilda XI Mendeleev sezdida biologik faollikka ega bo'lgan yangi sinf aniqlanganligi jahon olimlari tomonidan etirof etilgan. A.Abdushukurov olib borgan ilmiy - tadqiqot ma'lumotlari asosida 1980 yilda nomzodlik, 2008 yilda «Aromatik uglevodorodlar, fenollar va ularning efirlarini Lyuis kislotalari ishtirokida xloratsetillash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. U 2 ta doktorlik va 2 ta nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. 180 dan ortiq ilmiy va ilmiy - pedagogik ishlar nashr kilgan, shu jumladan, 15 dan ortiq mualliflik guvohnomalari, O'zbekiston va Rossiya patentlari olingan, 25 ta metodik ko'llanma, 140 dan ortiq maqola va tezislar O'zbekiston va chet el (Rossiya, Pokiston, Avstraliya, Kanada, Turkiya) jurnallarida chop qilingan. Xalq xo'jaligiga joriy qilishga mo'ljallangan 4 ta ilmiy ishlanmasi 2009 yildan beri «Fan va texnologiyalar yarmarkasi»da namoyish kilinmoqda. Shuningdek, ular O'zbekiston Milliy universiteta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga