Anvarxo'ja Otaxo'jaev Agzamxo'jaev

Anvarxo'ja Otaxo'jaev Agzamxo'jaev

O'quvchilarga / Kimyo
Anvarxo'ja Otaxo'jaev Agzamxo'jaev - rasmi

Material tavsifi

Anvarxodja Ataxodjaev Agzamxodjaev Anvarxodja Ataxodjaevich Agzamxodjaev 1938 yil 8 fevralda Toshkent shahrida tavallud topdi. O'rta maktabni bitirib, Toshkent Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetiga o'qishga kiradi. 1962 yili ushbu institutning «Silikat materiallar texnologiyasi» mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan bitirib, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistent lavozimida ishga qoldirildi. U 1963 yili O'zbekiston FA Kimyo institutining «Neft kimyosi» laboratoriyasiga kichik ilmiy xodim lavozimi bo'yicha ishga kirib, 1964 yili institut aspiranturasiga qabul qilindi. A. Agzamxodjaev aspirantura muddatida bajarilgan ilmiy ishlarini Moskva shahridagi SSR Fanlar akademiyasiga qarashli Fizik kimyo institutining «Yuza kimyosi» laboratoriyasida taniqli olim, professor A.V.Kiselev rahbarligida olib bordi. 1968 yili «Deyteriy almashuv usuli yordamida kremnezem to'ldirg'ich va adsorbentlar yuzasidagi gidroqsil gruppalari miqdorini aniqlash» mavzusida «Fizik kimyo» mutaxassisligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. A. Agzamxodjaev ushbu ilmiy ishlari davomini O'z FA Kimyo instituti «Adsorbtsiya» laboratoriyasida avvaliga katta ilmiy xodim va 1986 yildan boshlab yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida davom ettirib, 1987 yili Leningrad (hozirgi kunda Sankt-Peterburg) davlat universitetida «Tabiiy mineral gil sorbentlarining fizik va kimyoviy adsorbtsiya jarayonidagi adsorbtsion markazlar tabiati ka namoyoni» mavzusida «Kolloid va membrana kimyosi» mutaxassisligi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1988 yili unga professor unvoni berildi. 1988 yildan hozirgi kungacha A. Agzamxodjaev O'z FA Umumiy va noorganik kimyo instituti «Kolloid kimyo» laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelmokda. 1992 - 2003 yillar davomida ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimlarida ishlagan. Uning ilmiy faoliyati jahon miqyosida tan olingan. U 1995 yili Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro Fanlar akademiyasi (Rossiya) akademigi etib saylangan. Professor A. Agzamxodjaev kolloid kimyo, fizik kimyo va ekologiya sohalarida tan olingan olim, mehnat staji 56 yil. Uning boshchiligida tabiiy mineral sorbentlar va kumir adsorbentlarining yuza kimyosini o'rganish va ularni boshqarish, dispers sistemalarda struktura hosil qilish jarayonlarini aniqlash bo'yicha chuqur fundamental va amaliy izlanishlar olib borilmoqda. U tomonidan mineral va kumir sorbeitlarining fizik va kimyo'viy adsorbtsion markazlar miqdorini aniqlash yo'li bilan yangi ilmiy yo'nalish ishlab chikildi. Mustaqillik yillarida Orolning uchuvchan tuzli tuproq - qumlarini kimyoviy mustahkamlashda ishlatiladigan kompleks kushilmalar yaratish va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari, ko'shilma komponentlari tarkibini tashtshni optimallashtirish va qo'llash-ning ratsional sharoitlari ishlab chiqilgan. Kompleks kushilmalar ishtirokida qurigan Orol tubining Baliqchi, Mo'ynoq bo'g'ozlari va Ko'kdaryo, Qozokdaryo bo'ylarida tuzli tuproq-kumlarni mustahkamlash bo'yicha dala tajriba - sinov ishlari o'tkazilib, ijobiy natijalar olingan va amaliyotga qo'llash tavsiya etilgan. Bundan tashqari Respublika Fan va texnologiyalar markazining P -6.2.7 granta bo'yicha Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati uchui misni elektroliz usulida rafinatsiyalashda chetdai keltirib ishlatiladigan «Ayna» sun'iy poroshogi o'rniga ID reageiti sanoat tajriba-sinovidan o'tkazib, joriy etish uchun tavsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.84 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.84 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga