Arenlar va neftning gibrid uglevodorodlari

Arenlar va neftning gibrid uglevodorodlari

O'quvchilarga / Kimyo
Arenlar va neftning gibrid uglevodorodlari - rasmi

Material tavsifi

Arenlar va neftning gibrid uglevodorodlari Reja: Arenlarning turlari, ularning neft va neftlar frakstiyalaridagi miqdori. Arenlarning neftkimyo sintezda ishlatilishi Turli neftlardagi arenlar miqdori keng oraliqda o'гgaradi va u qoida bo'yicha 15 dan 50% ni tashkil etadi. Neftlardan 400 ta namunasi tarkibini o'rganish natijasiga ko'ra, arenlarning o'rtacha miqdori kam parafinli neftlarda γ7,4% ni, o'rtacha parafinli neftlarda 30,6% ni, yuqori parafinli neftlarda 20,8% ni tashkil etadi. Qattiq uglevodorodlar miqdori kam parafinli neftlarda 1,0% dan kam emas, o'rtacha parafinli neftlarda 1,0 dan 7,0% gacha, yuqori parafinli neftlarda 7,0% dan ortiq miqdorini tashkil etadi. Neftdagi arenlar benzol va uning gomologlari, shuningdek bi- va polihalqali uglevodorodlardir. Neft tarkibidagi gibrid uglevodorodlar tashkil topgan faqat aromatik halqali birikmalar emas balki гanjirli alkanlar va to'yingan halqali birikmalar uchraydi. Neft arenlarini o'rganish boshqa sinf uglevodorodlarini o'rganishga qaraganda ancha qulaydir. Ko'pchilik individual arenlar neft fraksiyalari tarkibidan turli usullar yordamida ajratib olinadi. Bu usullar ularning yuqori reaksion qobuliyati, tanlab adsorbsiyalanishi, qutbli erituvchilarda erishi, yuqori suyuqlanish haroratini aniqlashga asoslanilgan. 1930-1960 yillarda amerikalik olim F.D. Rossi va shogirtlarini ko'p yillik izlanishlari natijalariga asosan Poika-Siti (AQSH) nefti benzin fraksiyasi tarkibida 100 tadan ortiq arenlar borligi aniqlandi va identifikatsiya qilinib ajratib olindi. Benzin fraksiyasida asosan benzol, toluol va C8, C9 arenlarning hamma nazariy mumkin bo'lgan iгomerlari ishtirok etadi. Poika-Siti (AQSH) neftida arenlarning nisbati C6: C7: C8: C9 = 1:3:7:8 ga teng. Turli neftlarning benzin fraksiyasida benzol uglevodorodlari miqdori qoida bo'yicha, halqaga bog'langan o'rinbosarlar soni ortishi bilan ortadi, alkil гanjiri uzunligi ortishi bilan kamayadi. Poika-Siti (AQSH) neftida toluol, etilbenzol, propilbenzol, butilbenzol miqdori tegishlicha 0,51; 0,19; 0,09 va 0,026 % ni tashkil etadi. Toluol, m-ksilol va paevdokumol (1,2,4-trimetilbenzol) benzin fraksiyasi arenlari hisoblanadi. Har xil neftlar turlari uchun individual arenlarni miqdoriy nisbatlari deyarli bir xildir. Masalan, hamma neftlarda uchlamchi butilbenzol miqdori psevdokumolga nisbatan taxminan 50 marotaba kamdir. Benzolning C10 tarkibli gomologlari asosan 180-200C haroratda haydaladigan fraksiyada uchraydi. Ularning ichida tetrametil va dimetil etil hosilalar ko'p uchraydi. Benгol qatori uglevodorodlari bi- va polihalqali arenlarga nisbatan yuqori fraksiyada qaynaydigan - kerosin, gazoil hatto moy fraksiyalarda ko'p miqdorda uchraydi (rasm). O'rta va yuqori haroratda qaynaydigan neft fraksiyalarida uchraydigan tipik strukturali arenlar molekulalari va gibrid uglevodorodlar strukturasi yuqorida keltirilgan (I-XXII). Neftning 230 - 2750C haroratda haydaladigan fraksiyadagi benгol uglevodorodlari tahlili shuni ko'rsatdiki, asosan (I) tur strukturali ikki yoki uch almashingan hosilalar bitta yoki ikki metil guruhi saqlagan va uzunligi (6-8 ta uglerod atomi bo'lgan) kuchsiг tarmoqlangan alkil гanjirli uglevodorodlarni saqlaydi. O'rtacha fraksiyada hatto alkil o'rinbosarli iгopren strukturali II tur benzol hosilalari topildi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 396.31 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 396.31 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga