Aromatik uglevodorodlar. Benzol

Aromatik uglevodorodlar. Benzol

O'quvchilarga / Kimyo
Aromatik uglevodorodlar. Benzol - rasmi

Material tavsifi

Aromatik uglevodorodlar benzol Benzolning tuzilishi, aromatik xususiyat. Xyukkel qoidasi. Aromatik uglevodorodlarni izomerlanishi, nomlanishi va olish usullari. Aromatik birikmalarning o'rin almashinish reaksiyalari. Aromatik elektrofil o'rin almashinish reaksiyasi mexanizmi. O'rin almashinishning yo'nalishi, o'rinbosarlar. Yo'naltirish sabablari Aromatik uglevodorodlar uglerodga boy, molekulasi halqali tuzilgan, o'ziga xos kimyoviy bog'lanishga hamda fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega bo'lgan birikmalardir. Aromatik uglevodorodlarning birinchi vakillari tabiiy, o'ziga xos uzoq saqlanuvchi hidga ega bo'lgan aromatik deb nom olgan birikmalardan ajratib olingan. M-n, shunday birikmalardan biri vanilin bo'lib, u benzoy kislotaga o'xshash tuzilishga ega: Agar bu ikkala moddani benzol molekulasi bilan solishtirsak, bularning orasidagi o'xshashlik bilan «aromatiklik» orasidagi bog'lanish yaqqol ko'rinadi. Hozirda esa «aromatiklik» iborasini ishlatganda ba'zi to'yinmagan birikmalarning birikish reaksiyasiga emas balki o'rin almashinish reaksiyalariga kirishishi, haroratga va oksidlovchilar ta'siriga chidamliligi tushuniladi. Aromatik uglevodorodlarning birinchi vakili benzolni 1825 yil Faradey sintez qilgan. Kekule esa 1865 yilda benzolning tuzilishini aniqlab, u olti uglerod va olti vodoroddan iborat ekanligini ko'rsatgan va unga quyidagi formulani taklif qilgan: Benzol va uning gomologlari CHH2n-6 formula bilan ifodalanishi mumkin. Bu formulaga asosan benzol alkenlar kabi birikish reaksiyasiga kirishishi kerak edi. Lekin odatdagi sharoitda benzol molekulasi brom yoki oksidlovchilar ta'siriga chidamli. Benzol molekulasida hamma uglerod va vodorod atomlari ekvivalentdir. Birorta vodorod atomi boshqa guruhga almashtirilsa bitta hosila olinadi: Keltirilgan formula benzol molekulasining tuzilishini to'liq aks ettirmaydi. M-n, benzol molekulasining quyidagi ikkita o'rinbosarli hosilasi ikki xil modda bo'lishi lozim edi: Lekin, ma'lumki bunday izomerlar yo'q va ikkala formula ham bitta moddani ifodalaydi. Agar o'rinbosarlar ikkita bo'lganda ularning benzol halqasida joylashishi turlicha bo'lsa, u holda uchta benzol hosilasi mavjud bo'ladi: Benzol molekulasining alohida o'ziga xos tabiati 100 yildan ko'proq vaqt ichida kimyogarlar diqqatini jalb etib keldi. Nihoyat 30- yillarda eng zamonaviy fizik usullar va matematik hisoblashlarni qo'llash natijasida hozirgi vaqtda qabul qilingan tushuntirishlarni ishlab chiqishga muvaffaq bo'lindi. Rentgen tuzilish analizi benzol molekulasidagi C-C bog' uzunligi 0,139 nm, burchaklar qiymati esa 1200 va molekulaning bir tekislikda yotishini ko'rsatdi. Molekuladagi C-C bog'lar ekvivalent qiymatga ega. Uglerod atomlarining 6 ta sp2 ãèáðèäëàíãàí îðáèo'àëëàðè bo'lib, ular o'zaro to'g'ri olti burchak hosil qiladi. Molekulaning simmetriyasi tufayli har bir uglerodning r-orbitali ikki tomondagi qo'shni uglerod atomlari r-orbitallari bilan bir xil ehtimollikda qoplanadi. Bu esa benzol halqasi tekisligi tepasida va pastida r-elektronlar bulutini hosil bo'lishiga va ularning tutashib ketishiga olib keladi. Bu elektronlar uglerod atomlari orasida lokallashgan bo'lmay, benzol molekulasi tekisligining ustki va ostidagi -elektronlar orbitallarida delokallashadi. Har bir S-S bog' - elektronlar jufti va -bog'ni tashkil qiluvchi elektronlarning 1'6 qismidan tashkil topganligini hisobga olinsa, shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 96.55 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 96.55 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga