Aromatik uglevodorodlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 16-mavzu Molekulasida atomlarning o'ziga xos bog'lanishli siklik guruhi -benzol yadrosi mavjud bo'lgan birikmalarga aromatik birikmalar deyiladi. Aromatik birikmalar Aromatik uglevodorodlarning dastlabki vakili benzol (C6H6) molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani birinchi bo'lib nemis kimyogari A.Kekule taklif etgan. Zamonaviy fizik usullar yordamida benzol molekulasi siklik tuzilishga ega ekanligi va undagi oltita uglerod atomining hammasi bir tekislikda joylashganligi aniqlandi. Nomenklatura va izomeriyasi. Benzol molekulasidagi vodorod atomlari turli radikallarga almashganda benzolning gomologlari hosil bo'ladi. Benzol molekulasi Agar benzol yadrosidan bitta vodorod atomi chiqarilsa, fenil (C6H5−) radikali, toluol tarkibidagi metil radikalidan bitta vodorod atomi chiqarilsa, benzyl (C6H5CH2−) radikali hosil bo'ladi. Olinishi 1.Benzol temperatura ta'sirida siklogeksanni katalizator ishtirokida degidrogenlab olinadi. 2. Asetilen yuqori haroratda aktivlangan ko'mir ustidan o'tkazilsa, trimerlanib benzolni hosil qiladi. Fizik xossalari. Benzol - rangsiz, suvda erimaydigan, o'ziga xos hidli suyuqlik. Qaynash harorati nisbatan past, sovutilganda oson qotib, oq kristall moddaga aylanadi. Aromatik uglevodorodlarning nisbiy molekulyar massasi ortib borgan sari, ularning qaynash harorati ham ortib boradi. Kimyoviy xossalari. Benzol yadrosi ancha mustahkam bo'lib u odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. 1. Katalizator - temir (II) xlorid ishtirokida va temperatura ta'siri ostida benzol galogenlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi. 2. Benzolga konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida nitrat kislota ta'sir ettirilsa nitrobenzol hosil bo'ladi. (Reaksiya qizdirish bilan boradi) Yon zanjirdagi alkil radikallari elektron zichlikni benzol tomon siljitishi tufayli, halqadagi elektron bulutlarning bir tekis taqsimlanishi buziladi va 2,4,6-holatdagi uglerod atomlarida elektron zichliklari ortadi Oksidlanish reaksiyasi Benzol oksidlanishga ancha chidamli. Undan farq qilib, benzol gomologlari ancha oson oksidlanish reaksiyasiga kirishadi. Benzol gomologlariga kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirilganda (KMnO4) faqat yon zanjir oksidlanadi. Birikish reaksiyalari. Benzol quyosh nuri ta'sirida birikish reaksiyasiga kirishadi. Benzol xlor bilan birikib geksaxlorsiklogeksan (geksaxloran) hosil qiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: pptx