Aromatik uglevodorodlarni nitrolash

Aromatik uglevodorodlarni nitrolash

O'quvchilarga / Kimyo
Aromatik uglevodorodlarni nitrolash - rasmi

Material tavsifi

Aromatik uglevodorodlarni nitrolash RYeJA: 1. NITROLASh RYeAKSIYASI VA NITROLOVChI AGYeNTLAR. 2. AROMATIK HALQADAGI O'RINBOSARLARNING Yo'NALTIRUVChI TA'SIRI. 3. BYeNZOL VA UNING GOMOLOGLARINI NITROLASh. 4. I VA II TUR O'RINBOSARI BO'LGAN AROMATIK BIRIKMALARNI NITROLASh. NITROLASh RYeAKSIYASI VA NITROLOVChI AGYeNTLAR Benzol kontsentrlangan nitrat kislota bilan juda sekin nitrolash reaksiyasiga kirishadi va nitrobenzolni beradi: Aromatik birikmalarni nitrolash elektrofil mexanizmda boradi. Elektrofil zarracha vazifasini nitroniy kationi bajaradi, u esa quyidagicha hosil bo'ladi: Nitrat kislota sulfat kislotada NO- va N+O2 ionlarga dissotsiatsiyalanadi. Nitrat kislotaning dissotsiatsiyalanishidan oldin uning gidroqsil guruhi protonlashadi. Azot (V)- oksidi kuchli nitrolovchi agentlar qatoriga kiradi. Uning faolligini oshirish uchun sulfat kislota yoki BF3 qo'shiladi. Katalizator azot oksidining markaziy kislorod atomi bilan ta'sirlashib kompleks hosil qiladi. U dissotsiatsiyaga uchrab, nitroniy kation va nitrat kislota molekulasini beradi: Bu aralashmaning molekulyar massasi krioskopik usul bilan aniqlanganda 1 mol azot (V)- oksidi va 3 mol sulfat kislota ishtirok etishi, yani oltita zarracha borligi topilgan: Azot (IV)- oksidining dimeri ham proton va aproton kataltzatorlar - H2SO4, AlCl3, BF3 ta'sirida nitroniy kationi va nitrit kislotani hosil qiladi: Atsetil- va etilnitratlar ham kontsentrlangan sulfat kislota bilan ta'sirlashib kuchli nitrolovchi agentlarga o'tadi: AROMATIK HALQADAGI O'RINBOSARLARNING Yo'NALTIRUVChI TA'SIRI. Birinchi tur o'rin bosarlar. Yelektron bera oladigan, ya'ni elektronodonor atomlar guruhi kiradi, ularular boshqacha orto- va para- orientantlar ( yo'naltiruvchilar) deb ham yuritiladi. Birinchi tur o'rinbosarlariga elektronlarini oson beruvchi (elektronodonor) atomlar gruppasi - OH, NO2, NHR, NR2, SH, CH3, SR, OR, OCOR, NHCOR, -N=N-, CH3, CH2R, CR3, Cl, va boshqalar kiradi. Birinchi tur orinbosarlar elektronodonor atomlar huruhi tutgani uchun ular elektronlarini qisman benzol yadrosiga beradi. Buning natijasida yadrodagi elektron bulutlarning zichligi orto- va para- holatlarida oshadi va elektrofil o'rin bosarning kirishi osonlashadi. Birinchi tur o'rinbosarlar benzol halqasiga o'zidan keying kiruvchi o'rin bosarlarni orto- va para- holatga yo'naltiradi. Bunda: A - birinchi tur o'rinbosar, B - ikkinchi kiritilayotgan o'rinbosar guruh. Galogenlar (-Cl, -Br, -J, -F ) elektronakseptor guruh bo'lsa ham, orto- va para- orientantlar ( yo'naltiruvchilar) hisoblanadi. Chunki ulardagi erkin elektron juftlari benzol halqasining π - elektron buluti bilan ta'sirlashadi va benzol haqasining orto- va para- holatlaridagi elektron zichligini oshiradi: Ikkinchi tur o'rinboasrlar. Benzoldagi o'rinbosarlarni meto - holatidagi vodorodlarga almashtiruvchi o'rinbosarlar guruppasi ikkinchi tur o'rinbosarlar deb ataladi. Elektronakseptor guruhlar, yangi o'rinbosarlarni meto - holatiga yo'naltirgani uchun meto - orienttantlar deyiladi. Ikkinchi tur o'rinbosarlariga esa benzol yadrosidagi elektronlarni tortuvchi (elektron-akseptor) atomlar guruppasi; COOH, COOR, COR, CO, SO3H, NO2, CCl5, CN, NH3+, Br, J, F, va boshqalar kiradi. Benzol yadrosidagi elektron bulut bu guruhlar tamoniga tortiladi, ayniqsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 426.72 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 426.72 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga