Ashraf Ismoilovich Saidxo'jaev

Ashraf Ismoilovich Saidxo'jaev

O'quvchilarga / Kimyo
Ashraf Ismoilovich Saidxo'jaev - rasmi

Material tavsifi

Ashraf Ismailovich Saidxodjaev Ashraf Ismailovich Saidxodjaev 1940 yilning 20 dekabrida Toshkent shahrining Shayxontaxur tumanida ishchi oilasida tavaplud topdi. 1947 yili o'rta maktabga o'qishga kirib, 1957 yilda oltin me'dal bilan tamomladi. Shu yili Toshkent Farmatsevtika institutiga kirib, uni 1962 yili provizor mutaxassisligk bo'yicha imtiyozli diplom bilan tugatdi. Yosh mutaxassis o'zining mehnat faoliyatini Toshkent Farmatsevtika institutida assistent lavozimidan boshladi. Ilm-fanga bo'lgan qiziqishi uni 1963 yili O'zbekiston Resggublikasi Fanlar akademiyasining O'simlik moddalari kimyosi institutiga etaklab keldi. U ilmiy faoliyatini kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlab, so'ngra katta va yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida ish yuritdi. Olim 1994 - 2007 yillar davomida kumarinlar va terpenoidlar kimyosi laboratoriyasida mudirlik qildi. A. Saidxodjaev 1969 yilda O'zbekiston Resggublikasi Fanlar akademiyasining O'simlik moddalari kimyosi instituti alkaloidlar laboratoriyasida «Stroenie i konfiguratsiya korsina i korsinina» mavzusiga bag'ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildi. Uning ilmiy izlanishlari Toshkent, Farg'ona va Samarkand viloyatlarning tog va tog' oldi tumanlarida o'sadigan Korolkowia Sevverzowii Rgl. o'simligi alkaloidlarini o'rganishga bag'ishlangan edi. A. Saidxodjaev 1985 yilda «Terpenoidi rasteniy roda Ferula L.» mavzusiga bagishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning ilmiy izlanishlari natijasida 24 turdagi Ferula L. oilasiga mansub o'simlikparning kimyoviy tarkibi o'rganildi. Ulardan 80 ga yaqin moddalar ajratib olingan bo'lib, ularning 52 tasi yangi kimyoviy birikmalar ekanligi isbotlandi. Har bir yangi birikmaning tuzilishi kimyoviy va spektral usullardan kompleks foydalanilgan qolda aniqlandi. Ilk bor Ferula L. oilasiga mansub bo'lgan o'simlikparning garkibida terpenoid kumarinlar va seskviterpen laktonlar bilan bir qatorda terpenoid spirtlarning aromatik va alifatik kislotalar bilan birikkan murakkab efirlari ham uchrashi isbotlandi. Monosiklik va bisiklik terpenoid kumarinlari orasida o'zaro o'tish bilan bir katorda, bisiklik terpenoid kumarinlari uch qatori o'rtasida o'zaro o'tish amalga oshirildi. Щu bilan birga monosiklik terpenoid kumarinlari katorida biogenetik o'zaro bog'liqlik borligi ko'rsatildi. Karotan, germakran, gumulan va gvayan spirtlari o'rtasida o'zaro o'tishlar amalga oshirildi. Ferula L. oilasiga mansub bo'lgan o'simliklar tarkibidagi terpenoid kumarinlar va murakkab efirlar katorida o'zaro biogenetik bog'liklik borligi aniklandi. Ajratib olingan kimyoviy birikmalarning farmakologik xususiyatlarini o'rganish natijasida ferutin, ferutinin va teferin yaqqol estrogen aktivlikka ega ekanligi aniklandi. Ular asosida ikkita preparat: «Panoferol» va «Tefestrol» yaratildi. Panoferol tovuqlarning tuxum qo'yish muddatini tezlashtirish va mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan preparat. Tefestrol tibbiyotda estrogen vosita sifatida qo'llaniladigan preparat. Panoferol va Tefestrol preparatlarining klinik tekshiruvlari 1979 - 1980 yillarda Ittifoqning bir kagor rayonlarida muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan. A. Saidxodjaev o'rgangan o'simliklaridan 200 dan ortiq kimyoviy birikmalar ajratib oldi. Ular orasida 100 ga yaqin birikmaning kimyoviy tuzilishi, 82 tasining esa ham kimyoviy, ham stereo kimyoviy tuzilishi o'rganildi. Ular asosida bir qator estrogen ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.97 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.97 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga