Asos magmatik jinslar

Asos magmatik jinslar

O'quvchilarga / Kimyo
Asos magmatik jinslar - rasmi

Material tavsifi

Asos magmatik jinslar Reja: 1. Vulkan jinslar 2. Normal ishqorli effuziv jinslar 3. O'rta ishqorli bazaltlar Asos tarkibli magmatik tog' jinslari yoki bazitlar yer yuzida eng ko'p tarqalgan. Bular katta guruh bo'lib, o'z ichiga bazaltlar, gabbroidlar, anortozitlar va boshqa jinslarni oladi. Effuziv va gipabissal turlari (bazaltlar, doleritlar va boshqalar) intruziv turlariga qaraganda ko'proq tarqalgan. Asos magmatik jinslar dala shpatlardan (asosan plagioklazdan) va rangli minerallardan, ko'pincha piroksenlar va olivinlardan tashkil topgan. Asos jinslar Yer po'stining qita va okean segmentlarida ko'p tarqalgan. Bular yer darzliklari va yer yoriqlari bilan bog'liq, ular orqali bazalt magmasi yer yuziga oqib chiqadi yoki yer qarisi ichida joylashadi. Tarkibida kremniy oksidi miqdori 44-53%, alyuminiy oksidi esa - 10-27%, lekin ko'pchilik asos jinslarda SiO2 - 49-51%, Al2O3 - 14-17%, FeO+Fe2O3 - 6-15%, MgO - 4% dan 11-13% gacha, CaO - 5%dan 14% gacha, TiO2 - 1 dan 4- 5% gacha. Ishqorlar yig'indisi (K2O+Na2O) 2% dan 7-8% gacha, Na2O odatda K2O dan ko'p bo'ladi. Ishqorlar miqdoriga ko'ra asos jinslar uch qatorga bo'lanadi: normal ishqorli, o'rta ishqori va ishqorli. Hosil bo'lishiga ko'ra asos magmatik jinslar vulkanik va plutonik fatsiyalarga bo'linadi. Vulkanik fatsiyasiga - bazaltlar, doleritlar va ularga yaqin jinslar (bazaltoidlar) kiradi, plutonik fatsiyalarga esa gabbro (va gabbroidlar) mansubdir. Plutonik intruziv fatsiyasiga taaluqli jinslar yuqori flyuid bosimda kristallangani uchun pastroq haroratda (750-860oS), vulkan jinslari esa 100oS va undan ham yuqori (odatda 1100-1200oS) da kristallanadi. Vulkan jinslar Bu guruhga asos effuziv jinslar, ularning tuflari (piroklast) va yer yuziga yaqin chuqurlikda hosil bo'lib va vulkan jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan jinslar mansubdir. Eng ko'p tarqalganlari bazaltlar (vulkan shishali) va bazalt porfiritlari (o'zgargan vulkan shishali) hamda ularning to'liq kristallangan xillari doleritlar (kaynotip jinslar) va diabazlar (paleotip jinslar) kiradi. Bu jinslar turlicha qurilmalarda (strukturalarda) - okean va qitalar segmentlarida keng tarqalgan. Okean yer po'stida bazaltlar asosiy rolni o'ynaydi. Bazaltlar - to'q kulrangdan to qora ranggacha bo'lgan effuziv jinslardir. Asosiy massasi zich yoki g'ovakli bo'lib, unda mineral ajralmalari asosli plagioklaz (labrador, bitovnit), piroksen va olivin, kamroq madanli minerallar (titanli magnetit va ilmenit) lardan iborat bo'lib tog' jinslarning 20-25% tashkil qiladi. Bu minerallar birga yoki alohida-alohida turlicha miqdorda uchrashlari mumkin. Bazaltning asosiy massasi juda mayda kristallardan (ajralma minerallarning mikrolitlaridan) va vulkanik shishadan iborat. Bazaltlarning eng asosiy minerallari plagioklazlar, monoklin va rombik piroksenlar hamda olivinlar hisoblanadi. Minerallarning tarkibi o'zgarib turadi. Magmaning tez sovushi natijasida zonal plagioklazlarning hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'pincha minerallarning kristallanishi bir necha marta bo'ladi, natijada bir necha mineral avlodlari (generatsiyalari) tarkib topadi. Bazaltlarning asosiy massasini ichki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga