Asosiy kimyoviy ishlab chiqarish

Asosiy kimyoviy ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Asosiy kimyoviy ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Asosiy kimyoviy ishlab chiqarish Reja: 1.Sanoat oltingugurtining xossalari va sulfat kislotaning ishlatilish sohalari. 2.Xal xo'jaligida sulfat kislotaning ahamiyati. Sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatining xom ashyosi. Oltingugurt va sulfat kislata ishlab chiqarish Oltingugurtning xossalari va tarqalishi, ishlatilishi. Xossalari va tarqalishi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U yer qobig'i massasining 0,5%ni tashkil etadi. Dengiz va okean suvlarida 1200-106 mln.t. oltingugurt, birikmalar shaklida suvda erigan holda bo'ladi. Oltingugurt sariq rangli kristall mo'rt modda. Suvda deyarli erimaydi, ammo bazi organik erituvchilarda eriydi. 44,60 S da qaynaydi. Zichligi =2,07gsm3. U kristall holda ikki xil - α va β allotropik shakl o'zgarishga ega, oltigugurt tabiatda erkin holda (tug'ma oltingugurt) ham birikmalar shaklida uchraydi. Oltingugurtning yirik konlari AQSH, Italiya, Kanada, Yaponiya, Ukraina, Rossiyada joylashgan. O'zbekistonda Farg'ona va Muborakda oltingugurt konlari mavjud. Ishlatilishi. Oltigugurt xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 50 %ga yaqini sulfat kislota olish uchun, 25 %ga yaqini kaltsiy bisulfit olish uchun (oltingugurt yoqiladi, olingan SO2 gazi ohak bilan ta'sir ettirilib Ca(HSO3)2 ga aylantiriladi. Qaysikim, u yog'ochdan sulfit usulida tsellyuloza ishlab chiqarishda ishlatiladi), qolgan qismi oltingugurtli bo'yoqlar, uglerod (IV)- sulfid, gugurt ishlab chiqarishda, kauchukni vulkanlashda, qishloq xo'jaligida fungitsid sifatida, meditsinada va boshqalarda ishlatiladi. Olinish usullari. Oltingugurt eramizdan ilgari II asrlardan boshlab vulkanik jins sifatida malum bo'lgan. U birikmalar sulfidlar, sulfatlar shaklida minerallar holida uchraydi. Tabiiy ko'mir, neft va oqsil moddalari tarkibida (ayniqsa soch, par, jun kreatinida ko'p bo'ladi) uchraydi. Tug'ma oltingugurt tarkibida uning miqdori 30 %dan oshmaydi. Shuning uchun u boyitiladi. Ruda maydalanadi va kerosin bilan flotatsiyalanadi. Olingan kontsentrant (80% S saqlaydi) 6 atm. bosimda suv bug'i bilan avtoklavda ishlov berilib, oltingugurt suyuqlantirib (oltingugurtning suyuqlanish haroratsi 112,80S) ajratib olinadi. Shunday yo'l bilan 98,6-99,3%li sof oltingugurt olinadi. Oltingugurt to'g'ridan-to'g'ri yer ostiga 1700 S gacha qizigan bug' yuborish orqali ham suyuqlantirib olinadi. Oltingugurt mis rudalariga (mis rudasi asosan pirit - FeS2 dan va kamroq xalqopirit - CuFeS2 dan iborat). Koks qo'shib qizdirish orqali olinadi. Bunda, pirit qizdirilganda parchalanadi: 2FeS2=2FeS+S2 FeS ning oksidlanishidan hosil bo'lgan SO2 gazi esa koks bilan qaytarilib oltingugurt hosil qiladi. Vodorod sulfiddan oltingugurt ishlab chiqarish Oltingugurt yana H2S ni chala oksidlash yo'li bilan ham olinadi. Bu usulda oltingugurt olish Fransiya, Rossiya va O'zbekistonda keng tarqalgan. Vodorod sulfiddan oltingugurt ishlab chiqarish. Ayrim gaz konlaridan chiqadigan tabiiy gaz tarkibida malum miqdorda (Orenburg, Astraxan gazlarida 6-29% gacha, Muborak gazlarida 5% gacha H2S bo'ladi) vodorod sulfid gazi bo'ladi. Vodrod sulfid zaharli bo'lgani uchun bunday gazlardan foydalanib bo'lmaydi. Tabiiy gaz tarkibidan H2S ni ajratib olinsa, so'ngra, tozalangan gazdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga