Asosiy kimyoviy tushuncha va qonunlar

Asosiy kimyoviy tushuncha va qonunlar

O'quvchilarga / Kimyo
Asosiy kimyoviy tushuncha va qonunlar - rasmi

Material tavsifi

Asosiy kimeviy tushuncha va qonunlar R e j a : 1. Kirish 2. Atom-molekulyar ta'limot 3. Molekulyar ta'limot 4. Kimyoning asosiy qonunlari M.V.Lomonosov 1741 yilda o'zining Matematik kimyo elementlari nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha ta'rifladi: 1) Barcha moddalar korpuskulalardan iborat bo'lib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning korpuskula termini hozirgi molekula ma'nosiga ega); 2) Korpuskulalar tuxtovsiz harakatda bo'ladi; 3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi hozirgi atom ma'nosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz harakatlanadi; 4) Elementlar aniq massaga va o'lchamga ega. 5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan. M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika sohasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talqin qildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. U 1808 yilda o'zining Novaya sistema ximicheskoy filosofii nomli asarida atomistik ta'limotni kuyidagicha ta'rifladi: a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachaga bulina olmaydi; b) Xar qaysi kimyoviy element faqat o'ziga xos oddiy atomlardan tuzilgan bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, xar bir elementning atomi o'ziga xos og'irlik va o'lchamga ega; v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning oddiy atomlari o'zaro aniq va uzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni hosil qiladi; g) Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo'lgan atomlargina o'zaro birika oladi, bir elementning atomlari xech qachon o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi.Ular faqat bir-biridan itariladi. Dalton ximiyaning asosiy qonunlarini izoxlab berdi. U kimyoviy element tushunchasiga aniq ta'rif berdi: Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir. Undan tashqari Dalton atom og'irlik (ya'ni atomning nisbiy og'irligi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom og'irligini shartli ravishda 1 ga teng deb kabul qildi. Dalton ta'limotida kamchiliklar borligi usha vaqtdayok ma'lum bo'ldi. Dalton ta'limoti oddiy moddalarning molekulalari bo'lishini inkor qildi. M.V.Lomonosov ta'limoti Dalton ta'limotidan afzal bo'lib chikdi. Lomonosov ta'limoti turli xossalari atomlar bilan bir qatorda bir xil xossali atomlarning xam o'zaro birika olishga yo'l ko'yar edi. Molekula bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bo'lgan eng kichik zarrachadir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi. Atom bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomining tuzilishi bilan aniqlanadi. Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo'lgan atomlarning muayyan turidir. Tekshirishlar shuni kursatadiki, tabiatda bitta elementning massasi turli bo'lgan atomlari mavjud bo'lishi mumkin. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.18 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.18 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga