Asosiy organik sintez

Asosiy organik sintez

O'quvchilarga / Kimyo
Asosiy organik sintez - rasmi

Material tavsifi

Asosiy organik sintez Reja: Organik sintezi uchun qo'llaniladigan xom-ashyolar. Organik sintez jarayonlari. Metil spirti sintezi. Etil spirti ishlab chiqarish texnologiyasi. Organik sintezning xom ashyosi va tipik kimyoviy texnologik jarayonlar. Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar,skipidar, o'simlik va hayvon moy va yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka, yog'larni sovun va glitseringacha) parchalashga asoslangan edi. XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalrning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizikaviy kimyoviy va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirno kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xom ashyo bazasini yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, yani oddiy moddlardan murakkab moddalarni olishga olib keldi. Organik kimyoning dastlabki yutuqlari tabiiy materiallarni (tabiiy bo'yoqlar, dori-darmonlar, xid beruvchi moddalar) sintetika almashtirishga qaratildi. Keyinchalik esa asta - sekinlik bilan tabiatda uchramaydigan (portlovchi moddalar, yuqori molekulyar birikmalar) birikmalarni sintezlashga qaratilgan. O'tgan asrning 30-50 yillarda tabiiy gaz va neft qazib olish, hamda uni qayta ishlash sohasidagi ulkan muvofaqiyatlar organik sintezning gurkirab rivojlanishi uchun mustahkam xom ashyo bazasini yaratdi. Toshko'mir xom ashyosining neft mahsulotlari ashyosiga almashtirishga bo'lgan moyillik 121-rasmda yaxshi ifodalangan. Bunday almashinish jaraenida yangi neft kimyo sintezi deb ataluvchi termin paydo bo'ldi. Bu sintezning yangi xom ashyo bazasiga asoslanganligini ko'rsatadi xolos, biror mahsulotni kondan xom ashyodan (toshko'mir xom ashyosidan yoki neft xom ashyosidan) foydalanib sintezlanishidan qatiy nazar ular ishlab chiqarishda prinsipial farq bo'lmaydi. Organik sintez sanoati xom ashyo sifatida: galogenlar va ularning birikmalaridan, kislotalar, oksidlar, ishqorlar, ammiak, vodorod, suv, havo va boshqalardan foydalaniladi. Bu moddalar organik mahsulotlariga turli atomlar va gruppalarni kiritish uchun, bir moddani bir qancha boshqa moddalarga aylantirish uchun, individual moddalarni ajratib olish va tozalash uchun foydalaniladi. Organik sintez o'z taraqqiytining boshlang'ich etaplarida oxirgi asosiy mahsulot bilan oraliq yarim mahsulotlar (alkenlar, genogenlik hosilalar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, fenollar, aminlar va boshqalar) ishlab chiqarishni qo'shib olib bordi. Keyinchalik organik sintezdan bir qancha o'ziga xos ishlab chiqarishlar: plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar, bo'yoqlar, dori-darmonlar texnologiyalari ajralib chiqdi. hozir zamon organik sintez sanoati ikki muhim maqsadga qaratilgan. 1) keng ko'lamli ishlab chiqarish, bunda (o'n va yuz ming tonnalab ishlab chiqariladi.) Sanoatning boshqa tarmoqlari uchun yarim mahsulotlar (masalan, yuqori molekulyar birikmalar uchun monomerlar) ishlab chiqariladi. 2) bir qancha tayyor mahsulot (yuvish vositalari, kimyoviy zaharli birikmalar, erituvchilar va boshqalar) ishlab chiqarish. Bugungi kunda organik sintez mahsulotlaridan u yoki bu darajada foydalanmaydigan xalq xo'jaligining biror tarmog'i yo'q. Buni 122-rasmda yaqqol ko'rish mumkin. Organik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.87 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.87 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga