Asoslar nomlanishi. Asoslarning kimyoviy xossalari

Asoslar nomlanishi. Asoslarning kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Asoslar nomlanishi. Asoslarning kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Asoslar nomlanishi. Asoslarning kimyoviy xossalari Reja: 1. Asoslarning tarkibi,tuzilishi va nomlanishi. 2. Asoslarning toifalanishi. 3. Asoslarning olinishi va xossalari. 4. Eng munim asoslarning ishlatilishi. Asoslar deb metall atomi va bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar tarkibiga kiradi). Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatdan teng bo'ladi,chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli. Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Asoslarning umumiy formulas M(OH)n tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi; n- metall atomining valentligi. Nomlanishi.Asoslarning nomi o'zgarmas valentligiga metallar uchun shaklida yasaladi: kaliy gidroksid- KOH, bariy gidroksid- Ba(OH)2,lantan gidroksid- La(OH)3. Agar metall atomi o'zgaruvchan valentligiga bo'lsa va bir necha dil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda gidroksid so'zi yoziladi:,masalan , vismut(II)-gidroksid-Bi(OH)3, mis(II)-gidroksid- Cu(OH)2. Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo'shib ham gidroksidlarni nomlash mumkin: Ca(OH)2- kalsiy digidroksid; Bi(OH)3- vismut trigidroksid. Asoslarning toifalanishi. Asoslar fizik xossasi, yani suvda erishi va erimasligiga qarab ishqor va suvda erimaydigan asos hamda kimyoviy xossalariga ko'ra yana amfoter asoslarga ham bo'linadi. Asoslar Me(OH)n Ishqorlar Suvda eruvchi Suvda erimaydigan Amfoter asoslar- ham kislotalik, ham asos xossasiga ega asoslar Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deb ataladi(NaOH, KOH). Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi(Cu(OH)2, Fe(OH)2). Amfoter asoslar, ham kislotalik, ham asos xossalarini namoyon qiladi(Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3). Suvda eriydigan asoslar teri va to'qimalarni o'yish xossasiga ega bo'lgani uchun o'yuvchi ishqor deb ataladi.Ishqorlar bilan ishlashda ehtiyot bo'lish kerak! KOH- o'yuvchi kaliy. NaOH- o'yuvchi natriy. Olinishi. 1.Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suv bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi. 2Na+2H2O=2NaOH+H2 2.Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlarining suv bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: Na2O+H2O=2NaOH CaO+H2O=Ca(OH)2 3.Suvda erimaydigan asoslar tuzlarining suvdagi eritmasining ishqor bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: NiSO4+2NaOH=Ni(OH)2+Na2SO4 FeCl3+3KOH=Fe(OH)3+KCl Fizik xossalari. Asoslar - turli ranglarga ega bo'lgan, qattiq moddalardir: KOH,NaOH, Ca(OH)2- oq rangli , Ni(OH)2 -yashil rangli, Fe(OH)3 - qo'ng'ir rangli moddalar. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi.Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi.Qattiq asoslar kristall panjaralari tugunlarida metall ionlari va gidroksid ionlari turadi. 1.Suvda eriydigan asoslar ko'p indikatorlar rangini o'zgartiradi.Masalan, fenolftaleinning suv-spirtli eritmasi har qanday suvda eruvchi asos ta'sirida pushti rangga kiradi. Kimyoviy xossalari. 2.Asoslar kislotalar bilan ta'sirlashib, tuz va suv hosil qiladi(bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi): NaOH+HCl=NaCl+H2O Mg(OH)2+HCl=Mg(OH)Cl+H2O 3.Asoslar kislotali oksidlar bilan ta'sirlashdi tuz va suv hosil qiladi. Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O 4.Ishqorlar tuzlar bilan ta'sirlashadi va yangi asos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.7 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.7 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga