Dars mavzusi: «Asoslarning olinishi va xossalari» KIMYO 7 SINF ASOSLARNING OLINISHI, ХOSSALARI VA ISHLATILISHI. Darsning maqsadi: Ta'limuy maqsad: asoslarning olinishi va xossalari haqida bilimlar berish. (O'quvchilarga eng muhim asoslarning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish bilan ularni olish va xalq xo'jaligida ishlatilishi to'g'risida ilmiy tushunchalar berish) Tarbiyaviy maqsad:o'quvchilarni kimyo faniga bo'lgan qiziqishini orttirish, kimyoviy moddalar bilan ishlashda ehtiyot bo'lishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi: asoslarning kimyoviy faol moddalar ekanligi, hamda ularni inson faoliyati bilan bevosita bog'liq moddalar ekanligi, kindalik turmushda qo'llanilishi haqida tushuntirish. Uslub: savol-javob, amaliy (Elektron qo'llanmalardan foydalanish, tajriba-namoyish ko'rsatish) Dars metodi: Aqliy hujum,Bilimlar hovuzchasi, Oltin kalitcha, Blits so'rov, Bumerang texnologiyalari. Kerakli jihoz va moddalar: probirkalar, shisha nay, stakanlar, shishaga yozadigan qalam, metallardan namunalar (K,Na, suv,CaO, HCl, indikatorlar) Darsda qo'llanilgan kimpetensiyalar: Kimyoviy element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalay olish Kimyoviy bilimlarni amaliyotda qo'llash Kimyoviy modda, jihozlar bilan ishlay olish va tajribalar o'tkazish I. Darning tashkiliy qismi: Davomatni so'rash; Darsga tayyorgarlik ko'rish; Darsning maqsadini aytish. II. O'tgan mavzuni so'rash va mustahkamlash. Aqliy hujum: 1. Qanday moddalar asoslar deyiladi? 2. Asoslar qanday nomlanadi? 3. Asoslarni qanday sinflarga bo'lish mumkin? 4. Suvda eriydigan asoslar qanday umumiy nom bilan ataladi? 5. Ishqorlar-? 6. Amfoter asoslar-? Keyin o'qituvchi Bilimlar hovuzchasi nomli ko'rgazmani qo'liga olib hamma bilan birgalikda bu o'yini o'ynaydi va kartochakalarni o'rtadagi cho'ntakdan olib o'ziga tegishlisiga joylaydilar. Masalan: o'qituvchi qo'liga bitta kartochkani oldi unda CaO formulasi ko'rsatilgan, bu kartochkani Eng muhim oksidlar cho'ntagiga joylash kerak. Keyin o'quvchilarga daftarlarni ochib o'tilgan mavzu bo'yicha daftarga 5 ta savollik kalit chizish aytiladi va proyektorga qarab savollarga Blits so'rov usulida javob berishlari aytiladi va uyga vazifa baholari e'lon qilinadi. Agar kim bahosidan qoniqmasa dars davomida 5 balik tizim bo'yicha Oltin kalitcha ko'rgazmasidan foydalanib bahosini to'ldirishadi Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. NH4OH Olinishi. (Elektron qo'llanmalardan foydalanib, asoslarning olinishi haqidagi videolavhalar ko'rsatiladi) Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suv bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2 Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlarining suv bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: Na2O + H2O = 2NaOH CaO + H2O = Ca(OH)2 Suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasining ishqor bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2 + Na2SO4 BiCl3 + 3KOH = Bi(OH)3 + 3KCl Kimyoviy xossalari Asoslar kislotalar bilan ta'sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi): NaOH + HCl = NaCl + H2O Mg(OH)2 + HCl = Mg(OH)Cl + H2O Ca(OH)2 + ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: pptx