Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi - rasmi

Material tavsifi

Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 38-mavzu Reja: Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi Asoslarning toifalanishi Asoslarning olinishi va xossalari Eng muhim asoslarning ishlatilishi Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidrokso guruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi). Asoslar Asoslarda kislorod atomi vodorod va metall atomi orasida ularning har biri bilan bog' hosil qilgan holda joylashadi. Asoslarning nomlanishi. Asoslarning nomi o'zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi: kaliy gidroksid - KOH, bariy gidroksid - Ba(OH) c- Al(OH)3. Agar metall atomi o'zgaruvchan valentli bo'lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda gidroksid so'zi yoziladi: vismut (II)-gidroksid - Bi(OH)3, mis (II)gidroksid - Cu(OH)2. Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining yunoncha sonlarda ifodalanishini qo'shib ham gidroksidlarni nomlash mumkin: Ca(OH)2 - kalsiy digidroksid; Bi(OH)3 - vismut trigidroksid Metall atomi Kalsiy digidroksid Asoslarning toifalanishi Asoslar fizik xossasi, ya'ni suvda erishi va erimasligiga qarab ishqor va suvda erimaydigan asos hamda kimyoviy xossalariga ko'ra yana amfoter asoslarga ham bo'linadi. Asoslarning olinishi Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suv bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2. Suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasini ishqorlar bilan ta'sirlashishi natijasida olinadi: NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2¯ + Na2SO4; FeCl3 + 3KOH = Fe(OH)3¯ + 3KCl Fizik xossalari. Asoslar - turli ranglarga ega bo'lgan qattiq moddalardir: KOH, NaOH, Ca(OH)2 - oq rangli, Ni(OH)2 - yashil rangli, Fe(OH)3 - qo'ng'ir rangli moddalar va h.k. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi. Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi. Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug'larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda. Natriy gidroksid sanoat miqyosida ko'p ishlab chiqariladi. Sanoatda uni osh tuzi (natriy xlorid tuzi) eritmasidan elektroliz (elektr toki yordamida parchalash) yo'li bilan olinadi. Natriy xlorid tuzi Natriy gidroksid Elektr toki yordamida parchalash Natriy gidroksid - kimyo sanoati uchun eng muhim xomashyolardan biridir: neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda; sovun, qog'oz ishlab chiqarishda hamda sanoatning boshqa ko'plab sohalarida qo'llaniladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga