Atmosfera aerozoli I. Atmosfera aerozoli-qattiq va suyuqlik moddalarning havodagi muallaq holdagi zarrachalaridir. Aerozol qattiq zarrachalarining radiusi 10-8-q10-2 sm ni, tomchilar radiusi 10-5-q10-1 sm ni tashkil qiladi. Atmosfera aerozoli tabiatda va inson faoliyati natijasida yuz beradigan kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning murakkab majmui mahsuli hisoblanadi. Bu jarayonlarning murakkabligi va aerozolning boshqa vaqt mavjud bo'lishi sababli uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari vaqt davomida tez o'zgaradi. Tarkibi yoki hosil bo'lish manbasiga ko'ra atmosfera aerozolini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin. Kuyidagilar tabiiy aerozollar bo'ladi: tuproq zarrachalari va tog' jinslarining shamol ta'sirida emirilishi mahsulotlari(chang),atmosferagachiqayotgan bu zarrachalar miqdori turlicha bo'lib,yiliga130million tonnadan 180 million tonnagachani tashkil qiladi; vulqon aerozollari (kul), vulqonlar otilishi vaqtida atmosferaga yiliga 200-100 million tonna miqdorida chiqadi. dengiz tomchilari bug'lanishi mahsulotlari, asosan natriy xlorid (NaCI) bo'lib, yiliga 300-1300 million tonnani tashkil qiladi; o'rmon yong'inlari qurumlari va kuli zarrachalari, atmosferaga yiliga 3 - 360 million tonna miqdorida chiqadi; kosmos changi, meteoritlar yonishi natijasida hosil bo'ladi va yiliga 0,25- 14 million tonnani tashkil qiladi; biogen zarrachalar, bevosita atmosferaga chiqarilgan (o'simliklar changi, mikroorganizmlar va boshqalar) va uchuvchan birikmalarni kondensatlanishi yoki ular orasidagi kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan zarrachalar hamda tabiiy gazsimon reaksiyalar mahsulotlari (masalan, okeanlar yuzasidan chiqadigan oltingugurtni oksidlanishi natijasida paydo bo'ladigan sulfatlar); bu zarrachalarning atmosferaga chiqadigan umumiy miqdori turli baholashlarga ko'ra 345 million tonnadan 1450 million tonnagacha bo'lishi mumkin. Tabiiy aerozollarning umumiy miqdori yiliga 978 million tonnadan 12100 million tonnagacha bo'lishi mumkin. Ikkinchi guruh aerozollar-inson faoliyati natijasida hosil bo'ladigan (antropogen manbali) aerozollardir. Bu aerozollarning manbalari quyidagilar; sanoat korxonalari, transport va yoqilg'ini yoqish qurilmalarining bevosita ajratmalari (qypyq, tutun, kul, yo'l changi va boshqalarning zarrachalari) hamda qishloq xo'jalik maydonlaridan shamol uchirgan zarrachalar; bu manbalardan chiqadigan zarrachalarning umumiy miqdori yiliga 18-240 million tonna bo'lishi mumkin; gaz fazasidagi reaksiyalar mahsulotlari (ikkilamchi aerozollar), ular yonish jarayonlari va kimyoviy reaksiyalarda hosil bo'ladi (sulfatlar, nitratlar, organik birikmalar); bu aerozollarning miqdori yiliga 100-360 million tonna bo'lishi mumkin. Turli aerozollarni atmosferaga chiqishining keltirilgan ko'rsatkichlari ancha xatoliklarga ega. Bu ayniqsa, tabiiy manbalardan chiqadigan ajratmalarga talluqli. Masalan, atmosferaga chiqadigan tuproq changi miqdorining aniqligi yuz barobarga o'zgarishi mumkin. Bazi manbalarga ko'ra, o'rmon yong'inlari natijasida hosil bo'ladigan aerozollarning miqdori yiliga 36-360 million tonna bo'lsa, boshqa manbalarga ko'ra esa yiliga atigi 3 million tonnani tashkil qiladi. Barcha manbalardan chiqadigan changning umumiy miqdori yiliga taxminan 2.3 milliard tonnani tashkil qiladi. Atmosferadagi qo'shimchalar orasida sun'iy radiaktiv parchalanish mahsulotlari alohida o'rin egallaydi, ular atmosferaga atom va termoyadro qurilmalarni sinov portlashlari paytida hamda atom elektrostansiyalaridagi faloqat vaqtida ajraladi. P. ,, Atmosfera aerozoli atmosferada ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.06 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.06 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: doc