Atmosfera havosi quyosh radiatsiyasi va ishlab chiqarish mikroiqlimini gigiyenik ahamiyati Reja: Atmosfera bosimi Kimyo-farmatsevtika korxonalarida mikroiqlimga qo'yilgan gigiyenik talablar. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida salbiy omillar: shovqin, tebranish, ultratovush. Atmosfera bosimi Atmosfera bosimi. Yer yuzasi ustidagi havo qatlami 100 km balandlikkacha ko'tariladi. Ushbu havo yer satxida yer tortishish kuchi bilan ushlab turiladi, ya'ni muayyan vaznga ega. yer yuzasiga va undagi barcha buyumlarga ushbu havo 1033 gsm ga teng bosim beradi. Tegishlicha, odam tanasining butun yuzasiga (1,6-1,8 kv m. maydon) 16-18 tonnaga teng bosim tushadi. Odatda biz uni sezmaymiz, chunki gazlar organizmdagi suyuqlik va to'qimalarda xuddi shu bosimda erigan bo'ladi va ichkaridan tana yuzasiga beriladigan tashqi bosimni muvozanatlaydi. Ammo tashqi atmosfera bosimi iqlim sharoitlari tufayli o'zgarganda uni ichkaridan muvozanatlash uchun organizmda erigan gazlar miqdorini oshirish yoki kamaytirish uchun qanchadir vaqt kerak bo'ladi. Bu vaqt ichida odam o'zini biroz noqulay sezishi mumkin, chunki atmosfera bosimi bir necha mm simob ustuniga o'zgarganda ham, tana yuzasiga ko'rsatiladigan umumiy bosim o'nlab kilogrammlarda o'lchanadi. Buni ayniqcha surunkali suyak-mushak apparati kasalliklariga, yurak-tomir tizimi kasalliklariga chalingan odamlar sezadi. Bundan tashqari, barometrik bosimning o'zgarishini odam o'z faoliyatida balandlikka ko'tarilganda, suv osti ishlarida, kesson ishlarida his qiladi. Past bosimning ta'siri Bosimning pasayishi insonda balandlikka ko'tarilganda kuzatiladi.bunga odamga ta'sir qiladigan asosiy omil kislorod yetishmasligidir. Balandlik oshgan sari atmosfera bosimi astasekin pasayadi. 6 km balandlikda atmosfera bosimi dengiz sathidagidan ko'ra ikki baravar, 16 km balandlikda - 10 baravar past. Atmosfera havosida kislorodning foiz miqdori balandlikka ko'tarilgan sari deyarli o'zgarmasa-da, biroq umumiy bosimning pasayishi munosabati bilan undagi kislorodning partsial bosimi, ya'ni umumiy bosimda kislorod tomonidan ta'minlanadigan bosim ulushi kamayadi. Aynan shu kislorodning partsial bosimi uislorodning alveolalardagi havodan venoz qonga o'tishini (diffuziyasini) ta'minlar ekan. Aniqrog'i, bunday o'tish kislorodning venoz qondagi va alveolyar havodagi partsial bosimi farqi hisobiga yuz beradi. Ushbu farq diffuz bosim deb ataladi. Diffuz bosim kam bo'lganda qonning o'pkada qilorod bilan to'yinishi qiyinlashadi, gipoksemiya yuz beradi, balandlik va tog' kasalliklarining asosiy omili ham mana shu holat bilan bog'liq. Bunday kasalliklarning umumiy belgilari: nafas olishning qiyinlashishi, yurakning tez-tez urishi, teri qoplamalarining oqarib ketishi va akrotsianoz, bosh aylanishi, kamquvvatlik, tez charchash, ko'ngil aynishi, qayd qilish, xushdan ketish. Bunday kasalliklarning dastlabki alomatlari 3-4 km balandlikda paydo bo'la boshlaydi. Kislorodning havodagi partsial bosimiga bog'liq holda turli balandliklarda quyidagi zonalar ajratiladi (odam organizmiga ta'siriga ko'ra): Indefferent zona 2 km gacha To'liq Kompensatsiya zonasi 2-4 km To'liq bo'lmagan kompensatsiya zonasi 4-6 km Kritik zona 6-8 km O'lim zonasi 8 km dan yuqori. Bunday ajratilish, albatta, shartli olingan, chunki turli odamlar kislorod ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.39 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.39 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: doc