Atmosfera uning tarkibi va tuzilishi Atmosfera Yer kurrasining gaz qobig'idir. U havo deb ataluvchi turli gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, unda muallaq holda juda mayda suyuq va qattiq zarrachalar bo'ladi. Bu zarrachalarning umumiy massasi butun atmosfera massasiga nisbatan juda kichikdir. Yer atmosferasining hozirgi tarkibi bir necha yuz million yillar avval tarkib topgan. havoning asosiy gazi-azot va kislorod atmosferada asosan ikki atomdan iborat molekulalar holida bo'ladi. Yer yuzasi yaqinidagi quruq havoda hajm jihatdan azot (N2) ko'proq-78 %, kislorod (O2) kamroq-21 %. Ular birgalikda quruq havo hajmining 99,03 % ni tashkil qiladi. Qolgan 0,97 % ning 0,934 % argon (Ag) ga va 0,033 % uglerod dioksid (karbonat angidrid SO2) ga to'g'ri keladi. Boshqa gazlar foizning mingdan bir va millondan bir qismlari miqdorida bo'ladi. Bu gazlar-kripton Kg, ksenon Xe, neon Ne,geliy Ne, vodorod N2, ozon Oz, yod J2, radon Rn, metan SN4, ammiak NH3, vodorod peroksid N2O2, azot (I)- oksid N2O va boshqalardir (4-jadval). 1-jadval Qypyq havo tarkibidagi asosiy gazlar-kislorod, azot va argonning miqdori qaysi hududdagiligidan qatiy nazar Yer yuzasida deyarli doimiy bo'ladi. Yerning tog'tish kuchi haqidagi tushunchalarga ko'ra balandlik o'zgarishi bilan atmosferadagi gazlarning ajralshishini kutish mumkin edi. Shunga ko'ra yuqorida yengil gazlar ko'p bo'lishi kerak edi. Biroq, bevosita o'lchashlar ko'rtasitishicha, Yer yuzasidan 90-95 km balandlikkacha gazlarning ajralishi kuzatilmaydi va atmosfera tarkibi doimiyligicha qoladi, ammo gazlarning umumiy miqdori balandlik oshishi bilan kamayadi. Shuning uchun atmosferaning bu qatlami gomosfera (bir xil tarkibli) nomini oladi. Gomosferadagi havoning nisbiy molekulyar massasi 28,96 ga teng bo'lib, balandlik ortishi bilan deyarli o'zgarmaydi. Atmosfera havosi tarkibining vertikal bo'yicha ham, gorizontal bo'yicha ham doimiyligi aralashish orqali saqlanadi. 95 km dan yuqorida atmosfera tarkibi sezilarli o'zgaradi. Bu qatlam geterosfera (o'zgaruvchan (turli) tarkibli) nomini oldi. Geterosfera tarkibini o'zgarishida gazlarning og'irlik kuchi ta'sirida ajralishi asosiy rol uynaydi. 100 km dan yuqorida quyosh nuri energiyasi ta'sirida kislorod molekulalarining zaryadli zarrachalarga dissotsialanishi (parchalanishi) sodir bo'ladi. Masalan, 100-150 km balandlikda atmosfera (ionosfera) kislorod atomi va molekulasining ionlaridan va azot (II)-oksiddan iborat, 250-300 km balandlikda atmosfera tarkibida azot atomlarining ionlari paydo bo'ladi. yuqori qatlamlarda oz miqdorda gidroksid ON va natriy Na2 ionlari ham kuzatiladi. Geterosferada havoning nisbiy molekulyar massasi balandlik ortishi bilan kamayadi. 100 km dan yuqorida atmosfera tarkibida geliy ko'proq, 200 km dan 200 km orasida-Yer toji deb ataladigan qatlamda neytral vodorod asosiy gaz bo'lib qoladi. Bunday yuqori qatlamlarda uning miqdori (zichligi) juda oz 1 sm da o'rtacha 100 ta ion bo'ladi. Atmosferadan tashqaridagi sayyoralararo fazoda ionlar miqdori undan ham oz 1 sm da 100 ta iondan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.06 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.06 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: doc