Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish

Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 49-mavzu Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiatni muhofaza qilish, atmosfera va suvni, tuproq tarkibini toza saqlash butun bashariyat uchun asosiy muammo hisoblanadi. Shaxta havosini toza saqlash uchun qo'llaniladigan ventilyatsion qurilmalar atmosferaga bir sutkada 1 500 00 m3 ana shunday chang havo chiqaradi. Ko'mir shaxtalarida chang miqdori 500 mgm3 dan 3 00 mgm3 ga qadar bo'ladi. Ruda konlarida tog' jinslarini qazish hamda tog' jinslaridagi ruda miqdorini boyitish jarayonlarida atmosferaga juda ko'p chang (tog' jinslarining aerozollari) tarqab ketadi. Sanoatning bu kabi tarmoqlarida atmosferaga tarqab ketayotgan changlar (aerozollar) insonlar salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, o'simliklarning o'sishini qiyinlashtiradi. Atmosferaga ko'tarilayotgan changlarni tutib qolish yoki miqdorini keskin kamaytirish uchun adsorbsiya va ho'llash usullaridan foydalanilmoqda. Sanoatning jadal rivojlanishi hisobiga XX asrning birinchi yarmida atmosferaga 3 milliard tonna chang, tutun va kul zarrachalari ajralib chiqqan. Keyingi yillarda Orol dengizining suvi kamayib borishi suvda erigan tuzlar konsentratsiyasining ortishiga, tuzlarning cho'kindi tog' jinslari sifatida cho'kib qolishiga, qurib qolgan dengiz qirg'oqlaridagi tuzlarning atmosferaga chang bo'lib ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Suv tabiatda eng ko'p tarqalgan modda. Yer yuzining 23 qismini suv qoplagan. Tabiatda sodir bo'ladigan deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Gidrosferadagi suv, bug'langan suv, bug' holatdagi atmosferada uchraydigan suv juda katta miqdorni, ammo ichish uchun yaroqli suv tabiatdagi mavjud suvning atigi 1% ga yaqin qismini tashkil etadi. Sanoat korxonalari, uy-ro'zg'or ishlari natijasida hosil bo'lgan oqova suvlarni suv havzalariga oqizish tufayli oqar suvlar ifloslanadi. Oqova suvlarni suv havzalariga tashlashdan avval suvga ishlov berilib, zararli qo'shimchalardan tozalanadi. Buning uchun avval filtrlanadi. Filtrlangan suvga so'ndirilmagan ohak (CaO) qo'shib ishqoriy muhit hosil qilinadi Kimyoviy korxonalarning chiqindilaridan foydalanib, turli xil mahsulotlar olinadi. Buning natijasida, ushbu korxona iqtisodiy jihatdan foyda olish bilan birga tabiat har xil chiqindilar bilan ifloslanishdan saqlanadi. Pestitsidlar bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak! Chunki, pestitsidlar yovvoyi va uy hayvonlari, shuningdek, insonlarni jiddiy xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin. Pestitsid sifatida foydalanilayotgan zaharli kimyoviy birikmalar tez parchalanmaydi va uzoq vaqt o'z tarkibini o'zgartirmaydi. Natijada, tuproq, suv, havo orqali o'simlik va hayvonlar organizmida to'planadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.8 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.8 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga