Atom-molekulyar ta'limot. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari Reja: 1. Atom-molekulyar ta'limot. 2. Moddalar massasining saqlanish qonuni. 3. Tarkibning doimiylik qonuni. 4. Karrali nisbatlar qonuni. 5. Ekvivalentlar qonuni. 6. Xajmiy nisbatlar qonuni. 7. Avogadro qonuni. Atom-molekulyar ta'limot. Moddalarning nixoyatda mayda zarrachalar atomlardan tuzilganligi haqidagi tasavvur-lar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda Demokrit moddaning eng mayda bulinmaydigan zarrachasini atom deb atadi. Lekin atomning qanday zarracha ekani va uning xossasi to'g'risidagi tasavvurlar XVI asrning boshlaridan urganila boshlandi. fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom tushunchasini fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko'p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Lekin bu fikrni o'zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi zarrachalar to'g'risidagi tasavvurlarni tula tushuntirib berib bulmaydi. Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta'limot XVII - XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta'limotni 1741 yilda M.V.Lomo-nosov yaratdi va uning mazmunini «Matematik kimyo elementla-ri» asarida bayon etdi. Atom-molekulyar ta'limotning mohiyati kuyidagilardan iborat: barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo'lib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir (Lomono-sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma-nosiga ega); «korpuskula»lar tuxtovsiz harakatda bo'ladi. «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomo-nosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» manosiga ega). «Element»lar xam tuxtovsiz harakatda bo'ladi; «element»lar aniq massa va o'lchamga ega; oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «ele-ment»lardan, murakkab moddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan buldi. Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o'zgarishlarining tabiati haqidagi hozirgi zamon ta-savvurlari atom-molekulyar ta'limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, yani moddalar yaxlit bulmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar doimo harakatda bo'ladi: jism harorati kanchalik yuqori bulsa, harakat xam shunchalik intensiv bo'ladi. Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yigilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 1808 yilda atomistik ta'limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini kashf etdi. Atomistik ta'limot mohiyati kuyidagicha: a) moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikrok zarracha-larga bulina olmaydi; b) xar kaysi kimyoviy element fakat o'ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, xar bir elementning atomi o'ziga xos massa va o'lchamga ega; v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlar-ning «oddiy» atomlari o'zaro aniq va uzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi; g) fakat boshqa-boshqa xossalarga ega bo'lgan atomlargina o'zaro birika oladi, bir elementning atomlari xech kachon o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan itariladi. Dalton atomistik ta'limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta'rif berdi: Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir. Dalton ta'limotida kamchiliklar borligi usha vaqt-dayok malum buldi. Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo'lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.04 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.04 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: doc