Atom elektron qobiqlarning tuzilishi. Kvant sonlar REJA: Kirish. Atomdagi elektronlaning taqsimlanishi. Elektron formula tarzda ifodalanishi. Atomda eletron bublutning strukturasi. Energiyaning minimumga intilis (avzallik) prinsipi. Kvant sonlari. Bosh, orbital, magnit, Spin kvant son xarakteristikasi. Xulosa. Atomlarning elektron formulalari Atomdagi elektronlarning taksimlanishi elektron formula tarzida kursatiladi. Elektron formulani yozish uchun elementlarning davriy sistemadagi tartib nomerini va kaysi davrda joylashganini bilish kerak. Chunki elementning tartib nomeri elektronlar sonini, davr nomeri esa element atomi elektronlarning nechta energetik pogonalar buylab harakat kilayotganini kursatadi. Elektron formulalarda s, p, d, f xarflar bilan elektronlarni energetik pogonachalari, xarflar oldidagi sonlar bilan elektronni kaysi energetik darajada joylashganligi va xarfning yuqori ung kismidagi sonlar esa shu pogonachadagi elektronlar sonini kursatadi. Masalan, 6r3 oltinchi energetik darajaning r pogonachasida 3 ta elektron joylashganligini kursatadi. Buni alyuminiy va kadmiy elementlariga tadbiq etib ularning elektron formulalarini yozamiz. 13 Al 1s22s22r63s23p1 48 Cd 1s22s22h63s23p64s23d104r64d105s2 Bosh kvant sonining n = 2 qiymatidan boshlab energetik qobiqlar (qavatlar) yadro bilan bog'lanish energiyasi jihatidan bir - biridan farq qiladigan qobiqchalarga (qavatchalarga) bo'linadi. Qobiqchalar soni bosh kvant sonining qiymatiga teng, lekin to'rttadan oshmaydi: 1 - qobiqda bitta qobiqcha, 2 - qobiqda - ikkita, 3 - pog'onada - uchta, 4 - pog'onada - to'rtta qobiqcha bo'ladi. Qobiqchalar o'z navbatida orbitallardan tarkib topadi. Qobiqchalarni lotin harflar bilan belgilash qabul qilingan: S - har qaysi energetik qobiqning yadroga eng yaqin birinchi qobiqchasi; u bitta s orbitaldan tarkib topgan; p - ikkinchi qobiqcha, uchta r - orbitaldan tarkib topgan; d - uchinchi qobiqcha, u beshta d - orbitaldan tarkib topgan; f - to'rtinchi qobiqcha bo'lib, unda 7 ta f - orbital bo'ladi. Atomlarda elektron bulutlarning strukturasi. Energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi. Energetik pogonachalari yacheykalarining elektronlar bilan tulishi ideal tartibda, ya'ni yadroga yaqin orbital oldin, yadrodan uzoqdagi orbital keyin tulganday bo'lib kurinadi. Masalan: 1s2s2p3s3p3d4s4p4d4f va xokazo. Lekin, amalda, spektroskopik analiz, ximiyaviy va rentgenoskopik ma'lumotlarga ko'ra boshqacha tartibda joylashishi aniqlangan, ya'ni elektronlar minimal energiya zapasiga ega bo'lishga, yadro bilan maksimal bog'lanishda bo'lishga intiladi, buni energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi deyiladi. Bu prinsipga ko'ra agar pastki pogonadagi (yadroga yaqin) energiyasi kichik bo'lgan energetik yacheyka bush bulsa, energiya zapasi kichik bo'lgan elektronga yuqori energetik pogonada urin yuk, ya'ni ular yacheykalarda quyidagi tartibda tulib boradi: Energetik pogonalarda atom orbitallar energiyasi Bu pogonachalar gruppalari D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasiga to'g'ri keladigan davr ichidagi orbitallarni elektron bilan tulishish tartibini ifodalaydi. Pastidagi sonlar (2, 8, 18, 32) esa shu davrdagi element atomi orbitallarini tulishidagi elektronlar sonining yig'indisidir. yuqoridagi formuladan va quyidagi rasmdan kurinib ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
274.51 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
274.51 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:25 ]
Arxiv ichida: ppt