Atom molekular ta'limot. Atom va molekulalarning realligi. Kimyoviy element, kimyoviy belgi

Atom molekular ta'limot. Atom va molekulalarning realligi. Kimyoviy element, kimyoviy belgi

O'quvchilarga / Kimyo
Atom molekular ta'limot. Atom va molekulalarning realligi. Kimyoviy element, kimyoviy belgi - rasmi

Material tavsifi

Atom molekular ta'limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi 7-sinf kimyo darsligi asosida 3-mavzu Reja: 2 3 4 Atom-molekular ta'limot 1 Atom va molekulalarning realligi Kimyoviy belgi Kimyoviy element Dastavval, qadimgi yunon faylasuflari atrofdagi borliq juda mayda bo'linmas zarrachalar - atomlardan (yunoncha atomos - bo'linmas) tashkil topgan, degan g'oyani ilgari surganlar. Mutafakkirlar o'z asarlarida atrofdagi olamning murakkab tuzilganligini izohlab berganlar. Ular mavjud barcha jismlar, atrofdagi o'zgarishlar, sodir bo'layotgan voqea-hodisalar sababchisi mayda, ko'zga ko'rinmas unsurlar deb e'tirof etishgan. Lomonosov, Dalton, Avogadro va boshqa olimlarning ishlari natijasida moddaning atom-molekular tuzilishiga doir g'oyalar rivojlana bordi. M. Lomonosov Bu g'oyalar atom va molekulalarning real mavjudligiga asoslangan bo'lib, 1860-yilda Karlsruyeda bo'lib o'tgan kimyogarlarning xalqaro kongressida atom va molekula tushunchalariga aniq izohlar qabul qilindi. Atom molekular ta'limot barcha olimlar tomonidan qabul qilinib, kimyoviy o'zgarishlar atom-molekular ta'limot nuqtayi nazaridan ko'rib chiqila boshlandi. Hozirgi vaqtda atom-molekular ta'limotining asosiy holatlari quyidagicha izohlanadi: Atom-molekular ta'limot - tabiiy fanlarning asosiy nazariyalaridan biri bo'lib, u olamning moddiy birligini tasdiqlaydi. Atom yoki molekulani oddiy ko'z bilan ko'ra olmaymiz, lekin ular haqiqatda mavjudligini elektron mikroskoplarda ko'rish va suratga olish mumkin. Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulalarning har biri o'z massasiga, o'lchamiga va o'ziga xos kimyoviy xossalarga ega. Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi mumkin va bu hodisa diffuziya deb ataladi. Diffuziya Broun harakati, diffuziya (masalan, hidning havoda tarqalishi), qandning suvda erishi va boshqa shunga o'xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda doimo harakatda ekanligini ko'rsatadi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Suv molekulalarini maxsus asbobda elektr toki yordamida parchalash mumkin. Bir trubkada to'plangan gaz hajmi ikkinchi trubkadagi gaz hajmidan ikki barobar ko'proq bo'ladi. Hajmi ko'proq gaz yonadi. Bu - vodorod. Hozirgi kunda atomlarning 118 ta turi - 118 ta kimyoviy element mavjudligi ma'lum. Koinotdagi barcha jonli va jonsiz tabiat asosan ana shu kimyoviy elementlardan tashkil topgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga