Atom molekulyar ta'limot

Atom molekulyar ta'limot

O'quvchilarga / Kimyo
Atom molekulyar ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Atom molekulyar ta'limot R e j a : 1. Kirish 2. Atom-molekulyar ta'limot 3. Molekulyar ta'limot 4. Kimyoning asosiy qonunlari Kimyo tabiat haqidagi fan bo'lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar to'g'risida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan o'zgarishlarni va bu o'zgarishlar orasidagi bog'lanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi fandir. Kimyoviy o'zgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xom-ashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo'lgan mahsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog'liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish qobilyati orasidagi bog'lanishni o'rganish katta ahamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maqsad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yo'naltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bo'lgan moddalar hosil qilishimiz mumkin. Insonlar bundan bir necha ming yil avvaldanok rudalardan metallar ajratib olishda, metallarni kotishmalarini tayyorlash, shisha pishirish va shunga o'xshashlarda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Rus olimi M.V.Lomonosov o'zining 1751 yilda nashr etilgan Ximiyaning foydasi haqida ikki ogiz so'z asarida Ximiya o'z kullarini inson ehtiyoji bilan bog'liq bo'lgan xamma ishlarga chuzmokda. Kayerga qaramaylik, kayerga nazar solmaylik, xamma yerda bizning kuz oldimizda ximiyaning tadbiq etilishidan kulga kiritilgan yutuklar gavdalanadi degan edi. Ximiya xalq xo'jaligining barcha sohalarida keng kullanilmokda. M.V.Lomonosov 1741 yilda o'zining Matematik kimyo elementlari nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha ta'rifladi: 1) Barcha moddalar korpuskulalardan iborat bo'lib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning korpuskula termini hozirgi molekula ma'nosiga ega); 2) Korpuskulalar tuxtovsiz harakatda bo'ladi; 3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi hozirgi atom ma'nosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz harakatlanadi; 4) Elementlar aniq massaga va o'lchamga ega. 5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan. M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika sohasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talqin qildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. U 1808 yilda o'zining Novaya sistema ximicheskoy filosofii nomli asarida atomistik ta'limotni kuyidagicha ta'rifladi: a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachaga bulina olmaydi; b) Xar qaysi kimyoviy element faqat o'ziga xos oddiy atomlardan tuzilgan bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, xar bir elementning atomi o'ziga xos og'irlik va o'lchamga ega; v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning oddiy atomlari o'zaro aniq va uzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.77 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.77 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga