Atom tuzilishi D.I. Mendeleyevniy davriy qonuni

Atom tuzilishi D.I. Mendeleyevniy davriy qonuni

O'quvchilarga / Kimyo
Atom tuzilishi D.I. Mendeleyevniy davriy qonuni - rasmi

Material tavsifi

Atom tuzilishi D.I. Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi Reja: 1. Atomning Bor bo'yicha modeli. 2. Kvant sonlari. 3. Pauli prinsipi va Gund qoidasi. 4. Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi. 5. Atomlarning xossalari. Katod nurlari (manfiy zaryadli zarrachalar oqimi) va fotoeffekt (yorug'lik nuri ta'sirida metallardan manfiy zaryadli zarrachalar chiqish) hodisalarining kashf etilishi, atomning murakkab sistema ekanligini tasdikladi. Bu kashfietlar atom tarkibida elektronlar mavjudligini kursatdi. Elektron manfiy zaryadli zarracha bo'lib = 9,1091*10-28 g. = 0,0054860 a.m.b. A.Bekkerel (1896 y.) tomonidan uran urganilib radioaktivlik hodisasining kashf etilishi atomda elektronda boshqa yana kichik zarrachalar (musbat zaryadli zarracha, - nurlari) borligini kursatdi. Shundan sung atom murakkab sistema degan tushuncha paydo buldi va bu murakkab sistemani o'rganish muammolari yuzaga keldi. Rezerford uzining aniq tajribalari asosida shunday xulosaga keldi: - atomomning barcha massasi va musbat zaryadli materiyasi (zarracha) uning kichik xajmli markazida tuplangan, bu yadro deyiladi. - atom yadrosining musbat zaryadi uning, atrofida aylanib yuruvchi va son jihatidan yadro zaryadiga teng bo'lgan manfiy zaryadli elektronlar bilan neytrallanadi. Eng oddiy atom vodorod atomidir. Eng oddiy yadro xam vodorod atomi yadrosidir. Uning zaryadi son jihatidan elektron zaryadiga teng, ishorasi teskari. Bu yadroning massasi barcha yadro massalaridan eng kichigidir. m =1,679 10-29 kg. Vodorod yadrosi 1920 y. da Rezerford tomonidan elementlar zarracha deb tan olindi va unga proton -birinchi deb nom berildi, uning shartli belgisi - 1r; (m = 1,679*10-24 g. = 1,007276 a.m.b.). Vodoroddan boshqa elementlarning yadro zaryadlari ular atomlari massasidan farq qilishi aniklandi. Shunda yadroda protondan boshqa yana neytral, lekin aniq massaga ega bo'lgan zarracha borligi to'g'risida taxmin kilindi. 1932 y. da Boge va Bakker bu zarrachani topdilar. Chedvig esa uning tabiatini urganib unga neytron (1n) nomini berdi (m = 1,675*10-24 g. = 1,008665 a.m.b). 1932 y. da D.I. Ivanenko, Geyzenberg yatom yadrosining proton-neytron nazariyasini yaratdilar va yadroning tarkibi proton va neytrondan iboratligi tan olindi. Proton va neytron birgalikda nuklonlar deyiladi. Bu xulosalarni quyidagi misolda ko'rib chikaylik: Na atomi. Tartib rakami Z=11, demak, N(e-) = 11 ta, N(p)=11 ta, A = 23 u.b., N(n) = 12 ta, 23 ta nuklon. 23 - atom ogirlik Na 11 - yadro zaryadi Agar atom yadrosining zaryadi (protonlar soni) bir xil bo'lib, uning atom ogirliklari har xil bulsa bunday atomlar turi izotoplar deyiladi. Tabiiy kislorod (99,76%) 160; (0,04%) 170; (0,20%) 180. Izotoplardan iborat bu atomlar yadrolardagi neytronlar soni bilan farq qiladi. Yadro zaryadi turlicha bo'lib, atom ogirliklari bir xil bo'lgan element atomlari izobaralar deyiladi: 40K va 40Sa o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.03 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.03 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga