Atom tuzilishi nazariyasining hozirgi zamon ko'rinishi

Atom tuzilishi nazariyasining hozirgi zamon ko'rinishi

O'quvchilarga / Kimyo
Atom tuzilishi nazariyasining hozirgi zamon ko'rinishi - rasmi

Material tavsifi

Atom tuzilishi nazariyasining hozirgi zamon kо'rinishi REJA Atomning tuzilishining murakkabligi. Atomlar tuzilishining kvant-mexanika nazariyasi. Atomning tо'lqin kvant-mexanika modeli. ATOMLAR TUZILISHI XIX-asrgacha atomlar bо'linmas zarrachalar deb kelinar edi. Shu asrning yarmiga kelib atomlarning murakkabligini qator kashfiyotlar aniqlab berdi. Katod va kanal nurlarining ochilishi. Bu nurlar gaz orqali elektr toki о'tganda hosil bо'ladi, katodga yaqin sohada manfiy (-) zaryadli elektronlar ta'sirida nurlanish sodir bо'ladi, katod nurlarining musbat elektrodlarga og'ishi ularning manfiy zaryadli zarralar oqimi ekanligini kо'rsatdi. Shuning bilan bir qatorda kanal nurlari ham kashf etilgan. Kanal nurlari anod oblastida aniqlangan. Bu manfiy katoddan itarilgan musbat zaryadlar oqimi bо'lib ular zarralardan iborat ekanligini kо'rsatdi. Radioaktivlik hodisasi. Atomlarning murakkabligini ingliz olimlari Soddi va Fayanslar, og'ir elementlarning nurlanishidagi hodisalarni tekshirib atomning tarkibiga musbat va manfiy zarralar kirishini isbotladilar. Shunday qilib XX-asr boshlariga kelib: atomlarning murakkabligi, atomlar tarkibiga elektron kirishi, atomlarning manfiy zaryad tashuvchi ekanligi, bu zaryadning qiymati elektron zaryadiga teng ekanligi va atomlar butunligicha olib qaralganda neytralligi tajribada tasdiqlandi. Shunga asoslanib olimlar tomonidan turli xil atomlarning tuzilish modeli taklif qilindi. Tomson modeli: bu modelga asosan atom manfiy zaryadlangan zarrachalarning yig'indisidan iborat bо'lib, ular atomda tekis taqsimlangan, surkalgandek bо'lib kо'rinadi. Bu model: radioaktivlikni, elektronlarning bir atomdagi sonini, yengil atomlar uchun elektronlarning massasini va elementlarning tashqi elektron qobiqlari ularning kimyoviy xossalarini belgilashini tushuntirib bera oladi. Rezerfordning planetar modeli: Rezerford oltin plastinkasini -zarrachalar bilan bombardimon qilishi natijasida -zarrachalarning bir qismi о'z yо'nalishini, bir qismi esa plastinkadan qaytib ketishini tekshirib musbat zaryadlarning juda kichik sohada tо'planganini isbotlab berdi va quyidagi xulosalarni aytdi: bu nazariyaga asosan atom markazida musbat zaryadlangan yadro bо'lib uning atrofida planetalar quyosh atrofida aylanganidek elektronlar xarakatlanadi. yadroning musbat zaryadi, elektronlarning manfiy zaryadiga teng bо'lib atom butunligicha elektroneytral zarrachadir. Fizika nuqtai nazaridan elektron bir orbitalda aylanishi uchun unga ta'sir etuvchi Fmi= Fmk kuchlar о'zaro teng bо'lishi kerak. Rezerford о'sha paytdagi ma'lum bо'lgan barcha elementlarning zaryadlarini tekshirdi va ularning tartib nomerlari yadro zaryadiga tengligini aytdi. Atomlarning zaryadining qiymatini topishni eng yaxshi usulini Mozli taklif qildi. U atomlarning rentgen xususiyatlarini tekshirib о'zining qonunini kiritdi. Masalan: So va Ni shuningdek Te va J -larni tekshirsak ularning tartib nomerlari, rentgen nurlari tо'lqin uzunliklari teskari qiymatining yarmiga tengligi kelib chiqadi. Rezerffordning planetalar modeli ham Mozli qonuni ham elektrodinamika qonunlariga qarama-qarshi edi. Bunga asosan atom yadro atrofida aylanib 10-8 s da energiyasi tugab qulab tushishi kerak edi. Nima uchun atom spektrlari chiziqli ekanligini tushuntirib bera olmadi. - xarakterli rentgen nurining tо'lqin uzunligi; a, b - doimiy qiymatlar. Borning atom modeli: biz fotoeffekt xodisasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga