Atom tuzilishi. Radioaktivlik va yadro reaksiyalari Atom tuzilishining hozirgya zamon nazariyasi uzoq tarixga ega. XIX-XX asrlarga kelib fanda materiya tuzilishini aniqlash uchun sharoit etildi.Tabiatshunosliqda revolyutsiyaga olib kelgan quyidagi ishlar amalga oshirildi. -katod nurlarning ochilishi (1897 - Kruks), -fotoelektrik effekt (1887 - Gerts), -rentgen nurlari (1895. - Rentgen), -radioaktivlik hodisasi (1896 - Bekkerel), -va bular atom strukturasining murakkabligini isbot qildi. Bu tekshirishlar natijasida atom moddaning eng kichik bo'linmaydigan zarrachasi emas, balki bo'linadigan, biridan ikkinchisiga aylanadigan, murakkab tuzilishga ega degan xulosa chiqarildi. Atom tuzilishining murakkabligi to'g'risidagi dastlabki tushunchalar o'tgan asrda paydo bo'la boshladi. Dalton va uning safdoshlari atomga bo'linmaydigan zarracha deb qaradilar. Ammo sekin asta atom ichki strukturaga yani yanada mayda zarrachalardan iborat degan faktlar to'plana bordi. Atom tuzilishining hozirgi zamon modeliga olib kelgan eng muhim tajribalarga to'xtalamiz. XIX asr boshlarida atom bilan elektr o'rtasida uzviy bog'lanish yani atomlar bir-birlari bilan elektr jarayonlari asosida birikkan degan umumiy tushuncha mavjud edi. 1834 yil ingliz fizigi M.Faradey elektroliz qonunlari asosida ionlar ixtiyoriy xohlagancha miqdordagi zaryadni emas, balki qatiyan aniq portsiyadagi elektr miqtsori tashishini isbotladi. 1874 y. Dj. Stoni bu fikrga asoslanib, elementar elektr zaryadining son qiymatini hisoblab, u 10-20 Kl. ekanligini topdi. Atomda qarama-qarshi elektr zaryadlari mavjudligi, havosi siyraklashtirilgan sohada elektr razryadlari ta'sirida katod yoki anod nurlari vujudga kelishi bilan to'liq isbotlandi. Atom tuzilishining zamonaviy kvanto-mexanik nazariyasi asta-sekin shakllandi. Yangi kashfiyotlar qilindi, matematik apparatlar takomillashtirildi,natijada atom modeli vujudga keldi.Zamonaviy kvanto-mexanik nazariyaga asosan hamma elementlarning atomlari murakkab strukturaga ega. Atomning musbat zaryadli qismi yadroda joylashgan bo'lib, manfiy zaryadli elektronlar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Katod nurlarini 1879 y. ingliz olimi Kruks ochdi. Yuqori kuchlanishli ( 7*100 V) elektr tokini havosi so'rib olingan shisha nayda kavsharlangan elextroddan (katoddan) o'tkazilganda ko'zga ko'rinmaydigan nurlar vujudga kelishi aniqlandi. Bunday nurlar katod nurlari deyiladi. Bu nurlar ko'zga ko'rinmas bo'lib, ularning yo'liga qattiq modtsalar qo'yilsa nurlanish vujudga keladi. Masalan: odtsiy shisha plastinkasi yashil nurlanadi, siyrak-yer elementlarning oksidlari, siyrak-yer element tabiatiga qarab turli rangdagi nurlanishni vujudga keltiradi. (Bu hodisa hozir rakgli televizorlarda foydalaniladi). Ayrim kimyoviy birikmalar katod nurlari ta'sirida parchalanadi. Masalan: katod nurlari ta'sirida fotoplastinka yoki fotoqog'ozdagi Ag tuzlarining parchalanishi natijasida uning qorayishi kuzatiladi. Demak, ko'zga ko'rinmas katod nurlari qattiq to'sikqa urilganda uning nurlanishini yuzaga keltiradi. Kuzatiladigan nurlanishlar manfiy zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat bo'lib, ularga elektronlar deb ataldi. Katod nurlari magnit va elektr maydonlari bo'lmaganda to'g'ri chiziqli yo'naladi. Manfiy zaryadlangan zarrachalar magait va elektr maydonlarida og'ishi kabi katod nurlari ham og'adilar. Shunday qilib katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligi isbotlandi. Ingliz fizigi Djozef Tomson ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.07 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.07 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:26 ]
Arxiv ichida: doc