Atom, molekula tuzilishi va yadro kimyosi

Atom, molekula tuzilishi va yadro kimyosi

O'quvchilarga / Kimyo
Atom, molekula tuzilishi va yadro kimyosi - rasmi

Material tavsifi

Atom, molekula tuzilishi va yadro kimyosi Har qanday moddaning fizik-kimyoviy va biologik xossasi uning tarkibidagi atomlar majmuasi, ularning o'zaro birikishi hamda joylashishi tartibiga va boshqalarga bog'liq. Umuman olganda molekulalarning tabiati shuningdek, ularning biologik jarayonlardagi ishtirok etishining o'ziga xosligi, ularning tarkibi va tuzilishi orqali belgilanadi. Atom - doimiy harakatda bo'lgan elementar zarrachalar yig'indisidan iborat bo'lgan murakkab mikrosistemalardir. Atom tarkib jihatidan musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlar qavatidan iborat bo'lib, uning yadrosi asosan musbat zaryadlangan proton va zaryadsiz neytronlardan iborat bo'ladi. Proton va neytron birgalikda nuklonlar (yadro tarkibini tashkil qiluvchilar ma'nosini anglatadi) deyiladi. Elektronlar juda kichik zaryad qiymatiga ega bo'ladi. Proton zaryadi qiymati elektron zaryadiga miqdor jihatidan teng bo'lib, teskari ishoraga egadir. 1913 yilda Mozli yadro zaryadi atomlarning tartib raqamiga tengligini aniqladi va uni Z harfi bilan belgilashni taklif etdi. Element atom yadrosidagi protonlar soni - P, atomning massasi esa Ar bilan belgilanadi. Ar = Z + N; P = Z = e Ba'zan atomlar o'zaro atom massalari, neytronlar soni, tartib raqami bilan o'xshash yoki farqli bo'ladi. Yadro zaryadi (protonlar soni) bir xil bo'lib, atom massalari har xil bo'lgan bir xil element atomlari izotoplar deyiladi. Masalan, 11H, 2 1H, 3 1H. Yadro zaryadi turlicha bo'lib, atom massalari bir xil bo'lgan elementlar izobarlar deyiladi. Masalan, 3919K va 4019K. Tarkibida neytronlar soni bir xil bo'lgan zarrachalar izotonlar deyiladi. Masalan, 2513Al, 2412Mg, bu elementlarda 12 tadan neytron bor. Tarkibidagi elektronlar soni bir xil bo'lgan zarrachalar izoelektronlar deyiladi. Atomlardagi elektron qobiqlarning tuzilishi kvant sonlar yordamida ifodalanadi. Bular bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni va spin kvant sonlaridir. Bosh kvant soni - n har bir elektron qavatdagi elektronning energiyasini belgilaydi, uning qiymatlari n=1,2,3…Orbital kvant soni -l orbitallarning, elektron bulutlarning shakillarini ifodalash uchun kiritilgan. Uning qiymati l= 0 - (n-1), 0-s, 1-p, 2-d, 3-f mos ravishda grek harflari bilan belgilanadi. Magnit kvant soni ml - orbitallarning fazoviy oriyentatsiyasini xarakterlaydi. U orbital kvant soniga bog'liq bo'ladi. m l= l,0,-l; va qiymatiga to'g'ri keladigan orbitallar sonini ko'rsatadi. O 'z navbatida l mos keladigan orbitallar soni 2l + 1 ga teng bo'ladi. Spin kvant soni (ms) boshqa kvant sonlarga bog'liq bo'lmay elektronning o'z o'qi atrofidagi aylanma harakatini belgilaydi va +12 yoki -12 qiymatlarga ega bo'ladi. Qobiqlarning elektron bilan to'lib borishi Pauli prinsipi, Xund va Klechkovskiy qoidalariga asosida tushuntiriladi. Pauli prinsipiga ko'ra bitta atom tarkibida to'rtta kvant soni bir xil bo'lgan ikkita elektron bo'lishi mumkin emas. Xund qoidasi: energetik qavatchadagi elektronlarning spin kvant sonlari yig'indisi maksimal qiymatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.14 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.14 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga