Atrof muhitni kolloid muxofaza qilish

Atrof muhitni kolloid muxofaza qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Atrof muhitni kolloid muxofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

atrof muhitni kolloid muhofaza qilish Reja: Aerozollarni tutish va buzish. Atrof muhitni ifloslanishiga qarshi ko'rash. Gidrosferani kolloid zarrachalardan tozalash. Ko'pik yordamida sirt yuzalarini tozalash. Suvlarni zaharli moddalardan tozalash. Aerozollarni tutish va buzish. Atrof muhitni ifloslanishiga Qarshi ko'rash. Suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarining gaz muhitda (masalan, havoda) tarqalishi natijasida hosil bo'lgan mikrogeterogen dispers sistemalar aerozollar deb ataladi. Barcha aerozollar tabiiy aerozollar va texnik aerozollar deyiladigan ikki guruhga bo'linadi. Tabiiy aerozollar yer atmosferasida sodir bo'ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida kelib chiqadi. Texnik aerozollar insonning ishlab chiqarish faoliyati (ruda uazish va uni uayta ishlash, kumir uazish, turli materiallarni maydalash, tsement ishlab chiqarish, youili youish va xokazo ishlar) tufayli paydo bo'ladi. Sanoatda paydo bo'ladigan aerozollar, ko'pincha inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ular tabiatga xam zarar etkazadi. Shu sababli texnik aerozollarni yo'qotish jamiyat oldida turgan aktual masalalardan biri hisoblanadi. Lekin qishloq xo'jaligida (masalan, ekinlarga sepiladigan insektitsidlar), sanoatda (bo'yoq sifatida) ishlatiladigan sunoiy aerozollar ko'pchilik xollarda mehnat unumdorligini oshiradi. Masalan, sun'iy aerozollar bazi kasalliklarni ingolyatsiya yo'li bilan davolashda qariyb 100 yildan beri ishlatilib keladi. xilma-xil dorilarni aerozollar xolida ishlatib o'pka shamollashi, bronx, tomou va boshqa organlarda uchraydigan yuqumli va allergik kasalliklar davolanadi. Aerozollar xam xuddi dispers sistemalar singari disperegatsiya va kondensatsiya usullari bilan hosil qilinadi. Eng ko'p qo'llaniladigan dispergatsiya usullari blan tanishib o'tamiz. Moddani elektr maydonida sachratish usuli. Bu usulda aerozolp hosil qilish uchun elektr kuchlanish manba qutblarining biriga ulangan pulverizator yordami bilan modda sachratiladi. Bu usul bilan deyarli barqaror aerozolp olish mumkin. Eritmani bosim ostida havo yordamida sachratish usuli. Bu usulda aerozolp hosil qilish uchun turli konstruksiyadagi pulverizatorlar ishlatiladi. Moddani ulptratovush yordamida maydalash, bu metod deyarli yuqori kontsentratsiyadagi dispers fazaga ega bo'lgan aerozolp tayyorlashga imkon beradi. Bu metoddan antibiotiklarnig suvdagi eritmalarini hosil qilishda foydalaniladi. Suyuq moddalarni ultratsentrafuga yordamida sachratish. Dispers faza moddasining suvdagi eritmasidan ko'p miqdorda tayyorlash kerak bo'lgan bu xollarda bu usuldan keng foydalaniladi. Tuproq kolloidlari Tuproq kolloidlari yerning sirt qavatida uchraydigan kolloidlar bo'lib, ularda dispers faza rolini diametri 1 nm dan 100 -200 nm gacha bo'lgan juda mayda tuproq zarrachalari, dispersion muhit rolini esa tuproq eritmasi bajaradi. Tuproq kolloidlari hosil bo'lishida tuproq eritmasining roli katta. Tuproq eritmasi tuproqning suyuq fazasi bo'lib, u uzida turli moddalarni eritgan suvdan iborat. Tuproq eritmasining tarkibi tuproq hosil qiluvchi tog' jinslarining xossalariga, tuproqning tipiga, yerga o'g'it solingan-solinmaganligiga bog'liq. Shurmas tuproqlarning tuproq eritmasida kaltsiy bikarbonat ancha miqdorda bo'ladi, lekin sulpfat, nitrat, fosfatlar oz miqdorda uchraydi. Bunday eritmaning osmotik bosimi 10 atm dan oshmaydi. Shur tuproqlardagi tuproq eritmasida agar tuproq eritmasining osmotik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.83 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.83 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga