Atsetilen qatoridagi uglevodordlar - Alkinlar

Atsetilen qatoridagi uglevodordlar - Alkinlar

O'quvchilarga / Kimyo
Atsetilen qatoridagi uglevodordlar - Alkinlar - rasmi

Material tavsifi

Asetilen qatoridagi Uglevodordlar-ALKINLAR Tarkibida uch bog' tutgan uglevodorodlar ALKINLAR deyiladi. Umumiy formulasi-CnH2n-2. Bular xam gamologik qatorga ega bo'lib,birinchi vakili Asetilendir- Nomenklaturasi:Rasional nomenklaturaga ko'ra xamma asetilen qatoridagi Uglevodorodlarni asetilenning hosilasi deb qaraladi va radikallar nomiga asetilen so'zi qo'shib o'qiladi.Sistematik nomenklaturaga ko'ra bularga to'yingan uglevodorod deb qarab,ularning nomidagi an qo'shimchasi in qo'shimchasi bilan almashtiriladi va uch bog' qaysi ugleroddan so'ng boshlansa shu uglerod raqami qo'yib o'qiladi. Izomeriyasi: Alkinlarning izomerlari uch bog'ning joylashgan o'rniga va uglerod skeletining holatiga qarab har xil bo'ladi.Masalan, Olinish usullari: 1.So'ndirilgan oxakni ko'mir bilan birga elektr pechkada 2500 C da qizdirib olingan CaC2 ga suv ta'sir ettirib olisg mumkin. 2.Ikitta galogenli uglevodorodga ishqorning spirtli eritmasini ta'sir ettirib olish mumkin. 3.Tetragalogenli alkanlarga rux metalini ta'sir ettirib degalogenlab olish mumkin. 4.Asetilenni alkillab asetilenning gomologlarini olish mumkin.buning uchun dastlab asetilenning metalli hosilasi olinadi,so'ngra unga istalgan galogen alkil ta'sir ettiriladi. Fizik xossalari: Asetilen,metil asetilen,di metil va etil asetilenlar oddiy sharoitda- Gaz, gacha bo'lgan gomologlari suyuqlik,undan yuqorilari esa qattiq moddalardir.Ularning suyuqlanish va qaynas temperaturasi MR ortishi bilan ortib boradi.Alkinlar suvda erimaydi,lekin aromatik va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Etilenning yarmidan ko'prog'I polietilen olish uchun ishlati ladi,qolgan qismi etanol,xloretan,vinilxlorid,stirol kabi ko'plab organik moddalar sintezi uchun ishlatiladi.Atsetilendan etil spirti, Sirka kislotasi,sintetik kauchuk,polivinil xlor va poliftorvinil plast massalar olinadi.Etilen va Atsetilen zamonaviy organik kimyo texnologiyasida muhim xom ashyo bo'lib hisoblanadi. Kimyoviy xossalari: Asetilen qatoridagi uglevodorodlar birikish,almashinish,oksidlanish, polimer lanish va karbonil gruppali birikmalar bilan kondensatsiya reaksiyalariga kirishish qobilyatiga ega. 1.Birikish reaksiyasi:a)gidrogenlash Alkinlar Ni,Pt,Pd metallari katalizatorligida vodorodni oson biriktirib oladi. Bunda oldin alkenlar,keyin alkanlar hosil bo'ladi. b) Galogenlash:Alkinlar xam alkenlarga o'xshab o'ziga galogenlarni biriktiradi.Bu reaksiya etilenga qaraganda biroz sekinroq ketadi. v)Galogen vodorodni biriktirish.Bu reaksiya Markovnikov qoidasiga binoan boradi. g)Suvni biriktirish:bu reaksiyani KUCHEROV reaksiyasi deyiladi:Asetilen sulfat kislota yoki uning tuzi ishtirokida osonlik bilan suvni biriktiradi. d)Vodorod sianidni biriktirish:bu reaksiya katta ahamiyatga ega bo'lib, undan sanoatda akril nitril monomerini olishda foydalaniladi: Akrilonitril to'qimachilik sanoatida asosan sintetik tola-nitron tolasini olishda ishlatiladi.Bu tola mineral moylarga va benzinga chidamlidir. e)Alkinlar organik kislota va spirtlarni biriktirib,murakkab va oddiy efirlarni hosil qiladilar. Vinil asetat ,polivinil asetat olish uchun monomer hisoblanadi:Vinil efirlarini hosil qilishni birinchi bo'lib A.E.Favorskiy o'rgangan. Shuningdek Favorskiy asetilen bilan aldegid va ketonlarni o'zaro kaliy ishqori katalizatorligida reaksiyaga kiritib, to'yinmagan spirtlarni hosil qilgan. j)Repis 1925-yilda sanoat miqyosida asetilenni mis asetilined katalizatorligida formaldegid bilan biriktirib,ikki xil birikma- propargil va butindiol spirtlarini sintez qildi. Galogenlarning birikishi:Bromli suv ta'sir etirrilganda alkenlar va alkinlar uni rangsizlantiradi.Bu reaksiya to'yinmagan uglevodorodlarning sifatini aniqlash uchun qo'llaniladi. Alkinlarga galogen vodorodlar 120-180 C va faol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 214.3 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 214.3 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga