Mavzu: Atsetilen spirtlarini vinil efirlarini analitik kimyoda qo'llanilishi RЕJA: Kirish Mavzuning dolzarbligi Asetilen birikmalar, jumladan ularning spirtlari, diollari va vinil efirlari qo'llanish sohasi keng bo'lgan muhim birikmalardan hisoblanadi. Bunday birikmalardan meditsinada og'riqni qoldiruvchi preparatlar, qishloq xo'jaligida o'simliklar o'sishini boshqaruvchi va defoliantlar, elektrotexnikada yuqori sifatli erituvchilar, kimyo sanoatida ko'plab sintezlarda boshlang'ich mahsulot sifatida ishlatiladi. Respublikamizda besh yildan buyoan Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyixalar respublika yarmakalar muvaffaqiyatli o'tkazilmoqda. Bunda respublikadagi barcha sanoat korxonalari, ilmiy muassalari va olimlar yechishi zarur bo'lgan muammolar, hamda qo'llanish sohasi izlanayotgan ishlanmalar bilan ishtirok etishmoqda. Shunday muammolardan biri Navoyiazot OAJ da asetilen diollari va ular asosida to'yingan diollar sintezi hisoblanadi. Ushbu korxonada asetilen spirtlari va diollari sintezi hamda ular asosida turli xil birikmalar olish imkoniyati mavjud. Ishda boshlang'ich modda sifatiga respublika sanoatida ko'p miqdorda ishlab chiqariladigan asetilenning qo'llanishi muhim amaliy ahamiyatga ega. Undan tashqari asetilen diollari va vinil efirlarini qo'llanish sohasini yanada kengaytirish maqsadida metal ionlarini aniqlashda analitik reagent sifatida qo'llash maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borish rejalashtirilgan. Ishning maqsadi: Ushbu ishda metiletilketon, asetilen asosida asetilen diollari va ularning vinil efirlari sintez qilish, olingan moddalarni analitik reagent sifatida qo'llash. Ushbu maqsadni amalgam oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalar qo'yildi: Asetilen spirtlari sintezi metodlarini o'rganish Vinil efirlar sintezi metodlarini o'rganish Amperometik titrlash metodi nazariy asoslarini o'rganish 3.6-dimetiloktin-4-diol-3.6 ni sintez qilish 3.6-dimetiloktin-4-diol-3.6 ni asetilen bilan vinil efirlarini sintez qilish 3.6-dimеtilokеtin-4-diol-3,6 ning vinil efiri ishtirokida Pb (II) ni ampеromеtrik aniqlash optimal sharoitlarini aniqlash. Himoyaga quyidagilar chiqariladi: 3.6-dimetiloktin-4-diol-3.6 ni sintez qilish metodikasi 3.6-dimetiloktin-4-diol-3.6 ni asetilen bilan vinil efirlarini sintez qilish metodikasi 3.6-dimеtilokеtin-4-diol-3,6 ning vinil efiri ishtirokida Pb (II) ni ampеromеtrik aniqlash metodikasi. Ilmiy yangiligi: - sintez qilingan yangi 3.6-dimеtilokеtin-4-diol-3,6 ning vinil efirini Pb (II) ni ampеromеtrik aniqlashda reagent sifatida tavsiya qilingan. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Asetilen asosida Pb (II) aniqlash uchun yangi reagent 3.6- dimеtilokеtin-4-diol-3,6 ning divinil efiri sintez qilingan. Sintes qilingan reagent bilan Pb (II) ni ampеromеtrik aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan. Yangi ishlab chiqilgan Pb (II) ni ampеromеtrik aniqlash metodikasi, mavjud metodikalar bilan ayrim analitik ko'rsatkichlariga asosan raqobatlasha oladi. I bob Adabiyotlar sharhi. 1.1 Asetilen spirtlari sintezi. Asetilen kimyosi, jumladan asetilen spirtlarini olish va xossalarini o'rganish keyingi yillardea dunyo miqyosida sezilarli darajada rivojlanmoqda. Chunki asetilenni metan piro'lizi asosida ishlab chiqarish ortib bormoqda va kalsiy karbit usuli siqib chiqarilmoqda. [1-3]. Asetilen spiriti sintezining bir qancha usullari bo'lib ulardan keng tarqalgani Favorskiy usulidir. Bunda ishqoriy sharoitda asetilen va karbanil guruhli moddalar ta'sirlashuvi efir eritmasida olib boriladi. Favorskiy usuli bo'yicha asetilen spirti olish kaliy ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.34 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.34 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:26 ]
Arxiv ichida: doc