Atsetilen Atsetilen Atsetilen BAJARDI: QABUL QILDI: Atsetilen va uning hosilalarini olinishi Atsetilen uglevodorodlari sintez qilishning turli xil usullari mavjud lekin, bevosita atsetilenni olishning bir nechta asosiy yо'llari bor: 1.Atsetilenni birinchi marta 1836 yilda E.Devi yoritish gazi tarkibida topadi. Taxmin qilinishicha u tо'yingan uglevodorodlarning krekingi natijasida hosil bo'ladi. 2.1862 yilda M.Bertlo atsetilenni bevosita vodorod va kо'mirdan oladi. Buning uchun u vodorod gazi muhitida kо'mir elektrodlar orasida elektr yoyi hosil qiladi. 2C + H2→ C2H2 +55 kkalmol 3. Eng ahamiyatli usullardan biri atsetilenni CaC2 dan olish bо'lib, u 1862 yilda F.Vyoller tomonidan yaratilgan. Bunda CaC2 ga suv ta'sir qilinadi: 2CaC2 + 2H2O → Ca(OH)2 + HC≡CH (▲H = -30,4 kkalmol) О'z navbatida CaC2 birinchi marta 1839 yilda kuydirilgan oxak bilan kо'mirning aralashmasidan elektr yoyi ta'sirida olingan, 1862 yilda esa F.Vyoller rux va kalsiyni qotishmasini kо'mir bilan birgalikda qizdirib oladi. 1892 yilda Muassan ( Fransiya) va Vilson CaC2 ni elektr yoyi pechida kuydirilgan ohak va kо'mir (koks va antratsit aralashmasi)ni birgalikda qizdirib (1900 - 1950°C) olishgan: CaO +3C =CaC2 +CO CaC2 sanoatda asosan shu usul bilan olinadi va mahsulot tarkibida 73,9% CaC2 va boshqa bir qator begona moddalar (CaO, C, SiO2, MgO, boshqa metallarning oksidlari, RH3 ) bо'ladi. Toza 1 kg CaC2 dan 0°C va 760 mm simob ustinida nazariy jixatdan 372,3 litr atsetilen hosil bо'lishi kerak. Lekin texnik CaC2 dan undagi begona moddalarning miqdoriga qarab 230 -310 lkg atsetilen olinadi.Reaksiya har xil tipdagi atsetilen generatorlarida olib boriladi. Hosil bо'lgan texnik mahsulotda atsetilening miqdori 95% dan kam bо'lmasligi kerak. Texnik atsetilenni tarkibida bir qancha begona moddalar bо'lib, ular atsetilenni kimyoviy qayta ishlash jarayoniga salbiy ta'sir kо'rsatadi. Bunday moddalar asosan: RH3, NH3, SiH4, CH4, AsH3, H2, O2, N2, CO, CO2 etilen va yuqori molekulali atsetilen uglevodorodlardan iborat. Atsetilenni ulardan tozalash quyidagi tartibda olib boriladi [26]. Suv bilan yuviladi (ammiakdan tozalash), natriy gipoxloridni suvli eritmasi bilan ishlanadi (RH3, H2S va AsH3 larni oksidlash), ishqor eritmasi bilan yuviladi (ba'zi oz miqdordagi kislotalarni neytrallash) va sulfat kislota yoki silikagel bilan quritiladi. CaС2 dan atsetilen olishning asosiy kamchiligi CaС2 ishlab chiqarishga va hosil bо'lgan atsetilenni tozalashga kо'p energiyani sarf bо'lishidir. 4.Uglevodorodlarni pirozil qilib atsetilen olish. Piroliz jarayonini asosiy mohiyati harorati ta'sirida yuqori molekulali uglevodorodlardan kichik molekulalarni, shu jumladan tо'yinmagan uglevodorodlarni (olefinlar, diyenlar, atsetilen birikmalar) hosil bо'lishidir. Uglevodorodlardan ushbu usul bilan atsetilen olish 1955-1960 yillarda AQShda sanoatga joriy qilingan va birinchi marta propandan atsetilen olish (Vulf jarayoni) yо'lga qо'yilgan. Piroliz jarayoni 1 atm.ga yaqin bosimda, 100C dan yuqori haroratda ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
610.96 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
610.96 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:26 ]
Arxiv ichida: pptx