Azot saqlovchi organik birikmalar va oqsillar Reja: 1. Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi 2. Fizik va kimyoviy xossalari 3. Aminokislotalar sinflanishi, nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalari 4. Oqsillarni tarkibi, tuzilishi va xossalari 1. Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi Azot saqlovchi birikmalar hayotda juda katta ahamiyatga ega. Atmosfera azotning asosiy manbai bo'lib, azotni fiksatsiyasi natijasida ammiak hosil bo'ladi, so'ngra u esa organik birikmalarni hosil qiladi. Ushbu bobda ammiakni organik hosilalari aminlarning kimyosi yoritiladi. Alkilaminlarda azot sp3 gibridlangan uglerodga birikkan, arilaminlarda esa azot sp2 gibridlangan benzol uglerodiga yoki benzolga o'xshash halqaga birikkan. R − Ar − Ralkil guruh Araril guruh alkil amin aril amin Aminlar ammiakga o'xshab kuchsiz asoslardir. Ammo ular kuchli zaryadlanmagan asoslar bo'lib ko'p miqdorda fiziologik jarayonlarda hosil bo'ladi. Aminlar oddiy asoslar bo'lib biologik kislota-asosli reaksiyalarda ishtirok etadi; ular biologik nukleofil almashinshlarda ko'p holatlarda nukleofildir. 1912 yilda Vitamin so'zi kiritildi va bu moddalar ovqat ratsionida bo'lganida singa, pellagra, avitaminoz, raxit va shu kabi kasalliklarni oldini oladi hamda ular Vital aminlar deb nomlanadi. Ko'pchilik xollarda ushbu fikrlar tasdiqlandi; ayrim vita'minlar aminlar ekanligi isbotlandi. Ko'pchilik xollarda vita'minlar amin emas. Shunga qaramay, vitamin degan nom bizning tilimizga kirdi va ilgari kimyogarlarga biologik jarayonlarda asosiy o'rinda ekanligi tan olingan. Spirt va galoidalkillarda uglerodda funksional guruhlarni almashinish darajasiga ko'ra birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchilarga sinflanadi, aminlar esa ulardan farq qilib, azotdagi almashinish darajasiga ko'ra sinflanadi. Aminlarda azot bitta uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa birlamchi, ikkita bilan esa ikkilamchi, uchta bilan esa uchlamchi amin deb nomlanadi. Birlamchi amin Ikkilamchi amin Uchlamchi amin Azotga bog'langan guruhlar alkil yoki aril guruhladan tashkil etgan bo'lishi mumkin. Tizimli IYUPAK nomlanish bo'yicha aminlar asosan ikki hil nomlanadi: alkilaminlar yoki alkanaminlar. Birlamchi aminlar alkilaminlar deb nomlanib, azot tutgan alkil guruhi nomiga amin qo'shimchasini qo'shib hosil qilinadi. Alkanaminlar deb nomlanganda, alkil guruhi alkan deb nomlanadi va amin qo'shimchasi qo'shiladi. Fenilamin Trimetilamin Anilin IYUPAK nomlanishi b o'yicha benzolni amino hosilasi deb qaraladi. Anilinni hosilalari nomlanishida raqamlanish aminoguruh birikkan uglerod atomidan boshlanadi. O'rinbosarlar alfavit tartibi bo'yicha yoziladi, raqamlanish yo'nalishi odatda birinchi o'rindagi farq qoidasi bo'yicha boshqariladi. 4-Ftoranilin 5-Brom- 2 -etil anilin Arilaminlarni arenaminlar deb ham nomlash mumkin. Shunday qilib, anilinni nomi muqobilligiga qaramasdan kamdan-kam benzolamin deb foydalaniladi. Ikkita aminoguruh tutgan birikmalarni nomlashda tegishli alkan yoki aren nomiga - diamin qo'shimcha qo'shib nomlanadi. 1,2- propandiamin 1,6-geksandiamin 1,4 - benzoldiamin Aminoguruhlarni sinflarini nomi va shunga o'xshash birikmalar identifikatsiyalanganda asosan kichik guruhdan kattaga qarab nomlanishi maqsadga muvofiqdir. Aminoguruhlar gidroqsilguruhlar va karbonil guruhlardan ustun turadi. Ushbu holatlarda aminoguruh o'rinbosar sifatida nomlanadi. ( ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
422.33 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
422.33 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:26 ]
Arxiv ichida: docx