Azot va fosfor. Mineral o'gitlar

Azot va fosfor. Mineral o'gitlar

O'quvchilarga / Kimyo
Azot va fosfor. Mineral o'gitlar - rasmi

Material tavsifi

Azot va fosfor. Mineral o'gitlar Reja: 1. Azotni tabiatda tarqalishi, olinish usullari 2. Azotning xossalari. Ammiak, ammoniy tuzlari 3. Azotning kislorodli birikmalari 4. Nitrat kislota tuzlari. Azotli o'g'itlar 5. Fosforning tabiatda tarqalishi, olinishi va xossalari 6. Fosforning vodorodli va kislorodli birikmalari 7. Fosforli o'g'itlar V-guruh (15- guruh) elementlariga umumiy tafsifnoma 1-rasm V-guruh (15- guruh) elementlariga Azot (nitrogen), Fosfor (phosphorus), Mishyak (arsenic), Surma(antimony) va Vismut (bismuth) kiradi. Bularning birinchi vakili; Azot bo'lgani uchun azot guruhchasi yoki pinektogen (bo'g'uvchi)lar deb ataydilar. N, P, va As metallmaslar, Sb va Bi lar metallardir. V-guruh(15- guruh)elementlarining ayrim muhim xossalari 2- rasm 2- rasmdan shuni hulosa qilish mumkin: Atom radiusi, yadro zaryadi, metallik xossasi, bosh kvant soni, qaynash va suyuqlanish harorati, yadroni o'rab turgan elektron orbitallar soni, atom og'irligi, ion bog' hosil qilish xususiyati yuqoridan pastga (N- dan Bi- ga) qarab ortadi. Nisbiy elektromanfiylik, ionlanish energiyasi, elektronga moyilligi, metallmaslik xossasi, kovalent va vodorod bog' hosil qilish xususiyatlari pastdan- yuqoriga (Bi- dan N- ga) qarab ortadi. tashqi qobig'idagi (valent elektronlari) elektronlar soni, spin kvant soni, orbital kvant soni va magnit kvant sonlari yuqoridan- pastga o'zgarmaydi. 1. Azotni tabiatda tarqalishi, olinish usullari Azot davriy tizimning II davr, beshinchi bosh guruhiga mansub element. Tartib raqami yoki yadro zaryadi 7 ga teng. Tipik metallmas. Erkin ko'rinishda oddiy modda hosil qiladi, u ikki atomli molekula N2 dan tuzilgan. Azot molekulasini dissotsiyalanish energiyasi N2 → 2N + 224,5 kkalmol' juda katta. Azot atomida uglerod atomiga nisbatan bitta elektron ko'p, Xund qoidasi bo'yicha ana shu elektron 2p pog'onachadagi bo'sh orbitalni egallaydi. 2p pog'onachadagi 3 ta toq elektronlari azotning 3 kovalentligiga mas'uldirlar. Azotda 2s pog'onachalaridagi juft elektronlarni qo'zg'algan holatga o'tkazish imkoniyati yo'q (unda bo'sh orbitallar yo'q). Shu sababli aztoning maksimal kovalentligi 4 ga teng. Bunda 3 ta kovalent bog' almashinish mexanizmi hisobiga hosil bo'ladi. Azot har xil oksidlanish darajasini namoyon qilishga qodir: -3,-2,1,0,+1,+2,+3,+4,+5 bulardan -3,+3 va +5 oksidlanish darajasidagi hosilalari eng ko'p uchraydi. Azot tabiatda yer qobig'ida birikma holidagi azot 0,01 % ni tashkil qiladi. 75 massa % (78,1 hajm%) atmosferdagi molekula N2 holida to'plangan yoki 4·1015t. tashkil qiladi. Bog'langan azot nitrat(selitra)lar shaklidagi minerallarni tashkil qiladi: NaNO3-Chili selitrasi; KNO3-Hind selitrasi; Ca(NO3)2 -Norvegiya selitrasi. Bulardan tashqari azot murakkab organik hosilalar oqsillar tarkibiga kiradi. Bog'langan azot neft tarkibida (1,5 mas. % qismgacha), toshko'mirda (2,5 mas %) uchraydi. Tarkibida azot bo'lgan organik moddalar chiriganda va yoqilg'ilar yondirilganda bog'langan azot erkin azotga aylanadi va atmosferaga ko'tariladi. Bunda oz miqdorda ammiak, azotning oksidi va dioksidlari ham birgalikda hosil bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 450.92 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 450.92 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga