Azot - rasmi

Material tavsifi

Azot 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 44-mavzu Reja: 2 3 4 Azot molekulasining tuzilishi 1 Tabiatda uchrashi Kimyoviy xossalari Fizik xossalari. Azot molekulasining tuzilishi Azot molekulasi uning ikkita atomining qutbsiz kovalent bog'lanishidan hosil bo'ladi. Molekular formulasi: N2. Tuzilish formulasi: N ≡ N. Elektron formulasi: :N:: N: Tabiatda uchrashi: Azot tabiatda erkin holda ham, birikmalar tarzida ham uchraydi. Erkin holda havoning asosiy qismini tashkil etadi. Havoda hajm jihatdan 78%, og'irlik jihatdan 75,5% azot bo'ladi. N2 Birikmalar holida esa NaNO3 ko'rinishda Chilida uchraydi. Shuning uchun ham NaNO3 ni Chili selitrasi deyiladi. Azot tuproqda ham turli nitratlar holida uchraydi. Tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi, hayot uchun eng muhim bo'lgan moddalar, ya'ni oqsillar ham azotning tabiiy birikmalaridir. Olinishi. Laboratoriya sharoitida toza azot qizdirilgan mis (II )-oksidi ustidan ammiak gazini o'tkazib olinadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + 3H2O + N2 Havo suyuq holatga o'tkaziladi. Buning uchun havo qattiq sovitiladi. Suyuq havo sekin asta bug'latiladi. Bunda birinchi bo'lib havo tarkibidagi azot uchib chiqadi. Buning sababi azotning qaynash harorati - 196°C, kislorodniki esa - 183°C. Suyuq havo tarkibidan azot chiqib bo'lgandan so'ng, kislorod qoladi. Demak, bu texnologik jarayonda azot hamda kislorod olinadi. N2 Azot Fizik xossalari. Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo'lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0,0154 hajm azot eriydi. Azotning suyuqlanish harorati- 210°C, qaynash harorati - 196°C. Kimyoviy xossalari. Azot molekulasida atomlar o'zaro umumiy uch juft elektron hisobiga kovalent qutbsiz bog'langan. Shuning uchun azot kimyoviy jihatdan inert (nofaol) moddadir. Yuqori haroratda, masalan, elektr yoyi hosil bo'lishidagi haroratda azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot (II )-oksid hosil qiladi. Momaqaldiroq paytida hosil bo'ladigan elektr razryadlari ta'sirida ham atmosferadagi azot oksidlanib azot (II )-oksidi hosil qiladi. Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari nitridlar deb ataladi. Masalan: Li3N - litiy nitrid, Mg3N2 - magniy nitrid. Li3N Mg3N2 R E J A : Kirish. Asosiy qism. 1.1. Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi. 1.2. Azotning ochilish tarixi, tabiatda uchrashi. 1.3. Azot elementining olinishi va ishlatilishi. 1.4. Azotning xossalari. 1.5. Azotning muhim birikmalari. 1.6. Azotli o'g'itlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Asosiy qism 1.1. Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo'lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta elektron biriktirib olib manfiy 3- oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tashqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga