KIMYO Mavzu: Azotli organik birikmalar. Nirtobirikmalar. Olinishi va xossalari Reja 1. Azotli organik birikmalarning sinflanishi. 2. Nitrobirikmalarning nomenklaturasi. 3. Nitrobirikmalarning olinishi va fizik xossalari. 4. Nirobirikmalarning kimyoviy xossalari. Azotli organik birikmalarning sinflanishi Azotli organik birikmalar Nitrobirikmalar: C6H5-NO2 - nitrobenzol, CH3-NO2 - nitrometan Aminlar: CH3-NH3 - metilamin, CH3-NH- CH3 - dimetilamin Aromatik aminlar: C6H5-NH2 - anilin yoki fenilamin, C6H5-NH-CH3 - metilfenilamin Aminokislotalar: R-CH(NH2 )-COOH yoki CnH2n (NH2 )(COOH) Nitrobirikmalarning nomenklaturasi To'yingan yoki aromatik uglevodorod molekulasidan bitta yoki bir nechta vodorod atomini nitroguruh (NO2) bilan almashinishidan hosil bo'lgan organik birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi. Ratsional nomenklatura bo'yicha nitrobirikmalarni nomlaganda tegishli uglevodorod nomiga nitro so'zi qo'shib aytiladi. Sistematik nomenklatura. xalqaro (sistematik) nomenklaturaga ko'ra nitrobirikmalarni nomlashda quyidagi qoida va ketma-ketlikka amal qilinadi: 1. Nitrogruppa asosiy uglerod zanjirida bo'lishi kerak. 2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini nitroguruhga yaqin tomondan raqamlab chiqiladi. 3. Yonaki zanjirdagi radikallar yoki nitroguruh nomi ularni asosiy zanjirdagi ular bog'langan uglerodni tartib raqami ko'rsatilgan holda alifbo tartibida aytib o'tiladi va oxirida asosiy zanjirni nomi aytiladi. Nitrobirikmalarning nomenklaturasi 5 4 3 2 1 CH3- CH - CH - CH- CH3 CH3 C2H5 NO2 3-etil - 4- metil - 2- nitropentan Nitrobirikmalarning nomenklaturasi Nitrobirikmalarning olinishi Olinish usullari. Organik moddalarga nitroguruhni kiritish nitrolash deb aytiladi. Uni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin. To'yingan uglevodorodlarni nitrolash. Buning uchun to'yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ta'sir ettiriladi: CH4 + HONO2 = CH3 NO2 + H2O metan nitrometan 2. Benzolga konsentrlangan nitrat kislota, (konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida) nitrobenzol olinadi. Fizik xossalari. Nitrobirikmalarning quyi molekulyar gomologlari qo'lansa hidli, rangsiz suyuqlik, efirda eriydi, spirt bilan yaxshi aralashadi. Nitrobirikmalarning bug'lari zaharlidir. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari Kimyoviy xossalari. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari turlicha bo'lib, asosan, ularning molekulasidagi nitroguruhga bog'liqdir. 1. Nitrobirikmalar qaytarilganda birlamchi aminlar hosil bo'ladi. 2. Aromatik aminlar, mos ravishdagi aromatik nitrobirikmalarni qaytarish yo'li bilan olinadi.Nitrobirikmalarni qaytarish bilan aromatik aminlarni olish usulini birinchi bo'lib, 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin kashf etdi. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari Mustahkamlash Quyidagi moddalarni ratsional va xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlang: Mustahkamlash Quyidagi moddalarni ratsional va xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlang: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 32-mavzuni o'qish va 133-betdagi 1-4-misollarni ishlash. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: pptx