Azotning vodorodli birikmalari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 45-mavzu Reja: 2 3 4 5 Molekulasining tuzilishi 1 Olinishi. Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Sanoatda olinishi Azot molekulasining tuzilishi Azot vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi. Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliy ahamiyatga ega bo'lgani ammiakdir. Olinishi Laboratoriya sharoitida ammiak ammoniy tuzlariga ishqor ta'sir ettirib olinadi: NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3 Shuningdek, uni ammoniy xlorid tuziga so'ndirilgan ohakni aralashtirib qizdirish yo'li bilan ham olish mumkin. Sanoatda olinishi Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olingan azot va suvni elektroliz qilib olingan vodorodni katalizator, bosim va harorat ta'sirida reaksiyaga kirishtirib olinadi: N2 + 3H2 = 2NH3 + Q. Azotning vodorod bilan o'zaro ta'sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Fizik xossalari NH3 rangsiz, o'tkir hidli, havodan 1,7 marta yengil gazdir. 1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. NH3 suvda juda yaxshi eriydi Kimyoviy xossalari Ammiakning suvda erishi natijasida amoniy gidroksid (novshadil spirti) hosil bo'ladi: NH3 + H2O NH4OH Ammoniy ionining hosil bo'lishi donor-akseptor bog'lanish mexanizmi asosida sodir bo'ladi. Ammiak molekulasida xususiy elektron jufti bor. Vodorod ionida esa bo'sh orbital mavjud. Ammiak molekulasi vodorod ioni bilan to'qnashganda azotning xususiy elektron jufti vodorod bilan azot atomlari uchun umumiy bo'lib qoladi Ammiak kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bu reaksiyalar ham donor-akseptor mexanizmi bo'yicha amalga oshadi. Kislotalar molekulasidan ajralib chiqqan vodorod ionlari ammiak molekulasidagi xususiy elektron jufti hisobiga kovalent bog' hosil qilib ammoniy ioniga aylanadi. vodorod ionlari Ammoniy ioni Ammoniy tuzlari. Ammoniy ioni bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo'lgan murakkab moddalar ammoniy tuzlari deyiladi. NH4Cl, NH4NO3, (NH4)2SO4, (NH4)3PO4; NH4HSO4, NH4H2PO4, (NH4)2HPO4 Ularning o'ziga xos xossalari quyidagilardir: 1. Qattiq qizdirilganda parchalanadi: (NH4)2CO3 = 2NH3↑ + H2O + CO2↑ 2. Ishqorlar ta'sir ettirilganda ammiak ajralib chiqadi: (NH4)2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2NH3↑ + 2H2O Ammoniy tuzlarining barchasi suvda yaxshi eriydigan moddalardir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.01 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.01 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: pptx