Bakterial preparatlar, ularning turlari va foydalanish uslublari

Bakterial preparatlar, ularning turlari va foydalanish uslublari

O'quvchilarga / Kimyo
Bakterial preparatlar, ularning turlari va foydalanish uslublari - rasmi

Material tavsifi

Bakterial preparatlar, ularning turlari va foydalanish uslublari Reja: 1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. 2. Azotni biologik bog'lanishining mohiyati. 3. Azot boglovchilarning asosiy vakillari. 4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati. 5. Tayanch iboralar 6. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 7. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. tuproqning foydali mikroorganizmlarining tarkibini yaxshilash va aktivligini oshirish uchun bakterial preparatlar kullaniladi. Mineral va organik o'g'itlarni tuproqka solgandja, o'simlik uchun uzlashadigan yoki uzlasha oladigan shaklga utadigan ozuka moddalari tushadi. Bakterial preparatlarni tuproqka solganda, ozuka moddalar emas, balki o'simliklar oziqlanish sharoitini yaxshilovchi turkum tuproq mikroorganizmlari tushadi. Bakterial preparatlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Nitragin bakterial preparatlar 2. Azotobaktrin bakterial preparatlar 3. Fsoforobakterin bakterial preparatlar 4. AMB bakterial preparatlar 1. Nitragin - aktiv tuganak bakteriyali bakterial preparatdir. Tuganak bakteriyalari uzlariga xos xususiyatga egadir, yaxni ular maxlum bir dukkakli ekinlar ildizida tuganak hosil qiladi, xolos. Ulardan birlari fakat bedaning ildizida tuganak hosil kilsa, boshqalari esa no'xatning, yana boshqalari loviya va soyaning ildizida rivojlanadi va tuganak hosil qiladi. Baxzi xollarda tuganak bakteriyaning o'ziga xos xususiyatlari shunday kuchli namoyon buladiki, xatto bir turdagi o'simliklar ildizlaridagi tuganak bakteriyalar shu turning ichidagi boshqa o'simliklarning ildizida rivojlanadi. Tuganak bakteriyalari uzlariga xosliklaridan tashqari yana virulentlik va aktivligi bilan xam farq qiladi. Virulentlik - tuganak bakteriyalariening dukkakli ekinlar ildiz tolalaridan ularning ildizlariga kirib, tuganaklar hosil qilish xususiyatidir. Tuganak bakteriyalarining aktivligi esa ularning atmosfera azotini uzlashtirish qobiliyatidir. Bu bakteriyalarning fakat aktiv guruhlari dukkakli ekinlarni azot bilan taxminlaydi. Aktiv bo'lmaganlari esa xatto o'simliklari xalok qilishi mumkin. Dukkakli ekinlar ildizmevalariga virulentlik xususiyatiga ega bo'lgan bakteriyalarni yuktirganda xam aktiv bo'lmagan bakteriyalar tuganak hosil qiladi. Lekin atmosfera azotini boglamaydi. Eskidan xaydalik kelinadigan, madaniylashgan tuproqlarda tez-tez dukkakli ekinlar etishtirilib kelinayotgan bulsa, dukkakli ekinlarning ildizlarida xatto nitragin solinmasa xam tuganaklar hosil bulaveradi. Lekin ilgari dukkakli ekinlar ustirilmagan joyga ular ekilsa, ularning ildizlariga nitragin yuktirilmasa, tuganak bakteriyalari ildizlarida tuganak paydo bulmaydi. Dukkakli ekinlarning ildizlarida tuganak paydo qiluvchi bakteriyalarning xususiyatlariga ko'ra guruhlari. Kislotali muhitga ega bo'lgan tuproqlarda tuganak bakteriyalari kam aktiv shaklga utadilar. Botkok tuproqlarda ular umuman bulmaydilar. Shuning uchun bunday tuproqlarda dukkakli ekinlarni yangi ekkanda, nitragin yuktirish lozim. Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi tashqi muhit taxsirida kuchayishi va passayishi mumkin. Kislotali tuproqlarga oxak solganda, organik, fosfor, kaliyli va mineral mikroo'g'itlar solinganda, tuproqning namligini optimal darajagacha etkazilganda, tuganak bakteriyalarning aktivligi va virulentligi ortadi, azotli o'g'itlar solinganda esa pasayadi. Ilgari tuproqni tuganak bakteriyalari bilan boyitish maqsadida oldin dukkakli ekinlar ekilgan maydondagi tuproqdan olib, yangidan dukkakli ekinlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga