Ba'zi bir a - aminonitrillarni xromatografik tadqiq qilish

Ba'zi bir a - aminonitrillarni xromatografik tadqiq qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Ba'zi bir a - aminonitrillarni xromatografik tadqiq qilish - rasmi

Material tavsifi

«Ba'zi bir -aminonitrillarni xromatografik tadqiq qilish» mavzusida yozgan MUNDARIJA KIRISH Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 17 fevral kuni Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida «Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» xalqaro konferensiyasidagi ma'ruzalarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohatlarning biz tanlagan o'zbek modeli- o'z taraqqiyot yo'limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu dastur jiddiy izlanish tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg'or tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o'tmishdan majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o'sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o'z fikriga, o'zining qarashlari va qat'iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo'lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo'yadi, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi zaruriyatini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intelektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallaydigan insonlargina o'z oldimizga qo'ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin deb ta'kidladilar [1-2]. Oliy ta'limning maqsadi Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini ta'minlashga, o'zi tanlagan mutaxassislik bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalardagi mavjud talablarga alohida e'tibor qaratilgan holda, o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, davlat ta'lim standartlarini, o'quv dasturlari va o'quv uslubiy adabiyotlarini takomillashtirish ishlari ko'rib chiqildi. Respublikamiz mustaqillikdan so'ng ta'lim tizimini yuksaltirish uchun aniq va dadil qadamlar tashlamoqda[3]. Hozirgi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishi kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog'liq. Ishning dolzarbligi. Yupqa qavatli xromatografiya (YUQX) usuli dorivor o'simliklar tahlili uchun keng qo'llaniladigan usuldir. YUQX usulining qo'layliklaridan biri yakuniy natija olish uchun uning parametrlarini o'zgartirish osonligida hisoblanadi. Boshqa tomondan esa analiz uslublari standartlashmagan va analizning aniq shart-sharoitlari belgilanmagan. Shunga qaramasdan YevropaFarmakopiyasida (European Pharmakopoeia) instrumentlashgan YUQXning yangi zamonaviy imkoniyatlari ko'paymoqda. U tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Ishning maqsadi. Yuqori biologik faollikka ega bo'lgan va molekulasida turli reaksion qobiliyatga ega bo'lgan funksional guruhlar tutgan aminonitrillar sintezini amalga oshirish; - zamonaviy yuqori samarali yupqa qavatli xromatografiya (YUSYUQX) usuli yordamida aminonitrillarni tahlilini o'tkazish; - turli aminonitrillarni zamonaviy (YUSYUQX) va YUQX bilan analiz qilishni taqqoslash. Ishning vazifasi. Aminonitrillar qatorida yuqori biologik faollikka ega bo'lgan va molekulasida reaksion qobiliyatga ega bo'lgan turli funksional guruhlar, shuningdek farmakofor guruhlar tutgan aminonitrillar sintezini amalga oshirish; - fizik-kimyoviy tahlillardan biri bo'lgan analizning zamonaviy yuqori samarali yupqa qavatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.82 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.82 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga