Beshinchi guruh kationlari

Beshinchi guruh kationlari

O'quvchilarga / Kimyo
Beshinchi guruh kationlari - rasmi

Material tavsifi

Beshinchi gruppa kationlari Reja: Beshinchi gruppa kationlariga umumiy xarakteristika. Gruppa reagentlarining ta'siri. Vodorod sulfid va yodli suv bilan bo'ladigan reaksiyalar. Beshinchi guruh kationlari aralashmasining analiz qilish tartiblari. 1. Beshinchi gruppa kationlariga umumiy xarakteristika As3+, As5+, Sb3+, Sb5+, Sn2+ va Sn4+ V gruppa kationlaridir. Ushbu kationlar sulfidlarining eruvchanlik kupaytmasi IV gruppa kationlari sulfidlarining eruvchanlik kupaytmasidan ancha kichik, ular suvda erimaydi. Ammo IV gruppa kationlaridan V gruppa kationlari farq qiladi va ularning sulfidlari (SnS dan tashqari) natriy, kaliy, ammoniy sulfidlari (Na2S, K2S, (NH4)2S) ta'sirida tiotuzlar hosil qilib suvda eriydi: As2S3 + 3Na2S = 2Na3AsS3 As2S5 + 3Na2S = 2Na3AsS4 Beshinchi gruppa kationlarining sulfidlari (SnS dan tashqari) Kislota xossalariga ega va shuning uchun ham ishqoriy metallarning va ammoniy sulfidlarida, uyuvchi ishqorlarda eriydi. Tiotuzlarning hosil bo'lishi asosli oksid bilan Kislotali oksid ta'sirlashishi singari amalga oshadi : SnS2 + Na2S = Na2SnS3 SnO2 + Na2O = Na2SnO3 Sulfidlarning ishqorlarda erishi natijasid oddiy tuzlar va tiotuzlar hosil bo'ladi: As2S3 + 6NaOH = Na2AsS3 + 8Na3AsO3 + H2O Kislorodli Kislotalarning parchalanishi natijasida suv va Kislota angidridi hosil bo'lganidek, tioKislotalarning parchalanishidan ham vodorod sulfid va shunga muvofiq sulfid (tioangidrid deb atash mumkin) hosil bo'ladi : H2SnS3 H2S + SnS2 Bu hol kalay, mishyak va surma elementlarining D.I.Mendeleev davriy sistemsining IV, V gruppalarida joylashganligi, ushbu elementlarning metallmaslik xususiyatiga ega bo'lishi bilan tushuntiriladi. Kationlar aralashmasini sistemali ravishda analiz qilishda IV- V gruppa kationlarining sulfidlaridan iborat cho'kmadan gruppa reagenti ta'sirida V gruppa kationlarining sulfidlaricho'kmada qoladi. Gruppa reagenti sifatida ammoniy polisulfid (NH4)2Sn ishlatiladi. Beshinchi gruppa kationlari mishyak, surma va kalay gidroksidlari amfoter xossalarni namoyon etadi, ya'ni ular ham Kislota, ham asos kabi dissotsilanadi: As3+ + 3OH- ↔ As(OH)3 ↔ 3H+ + AsO3-3 Eritma muhitining o'zgarishi muvozanatni siljishiga sabab bo'ladi. Ishqoriy muhitda anionlar (AsO3-3, AsO3-4 , SbO3-3 , SbO2-4, va SnO2-3) Kislotali muhitda kationlar (As3+, As5+, Sb3+, Sb5+, Sn4+, va Sn2+) hosil bo'ladi. Ishqoriy muhitda hosil bo'lgan tuzlar suvda yaxshi eriydi, neytral yoki ishqoriy muhitda V gruppa kationlarini cho'ktirish mumkin emas. Cho'ktirishni vodorod sulfid H2S bilan fakat Kislotali muhitda amalga oshirish mumkin. Beshinchi gruppa kationlarining kuchli Kislota klodiklari bilan hosil qilgan tuzlarining suvdagi eritmalari Kislotali muhitga ega. Uch valentli mishyak va surma, ikki valentli kalay birikmalari ishqoriy muhitda qaytaruvchi, besh valentli mishyak va surma birikmalari esa, Kislotali muhitda oksidlovchi xossalarini namoyon etadi. Beshinchi gruppa kationlaridan mishyak birikmalari muhim biologik ahamiyatga ega. Mishyak juda kam miqdorda bo'lsa ham hayvon va o'simliklar organizmida bo'ladi. O'simliklar tarkibida mishyak kam bo'lsa ham, ammo ularning o'sishiga va rivojlanishiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.64 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.64 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga